Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK 2-0 Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Andijon
20/10 19:00 Neftchi 2-4 Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah 1-2 Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche 2-2 Slaviya
20/10 23:59 PSJ 4-2 Barselona
20/10 23:59 Liverpul 4-3 Vilyarreal
20/10 23:59 Shtutgart 1-1 Atletiko
20/10 23:59 Manchester Siti 5-1 AEK
20/10 23:59 Napoli 4-3 Bude-Glimt
20/10 23:59 Portu 0-1 PSV
20/10 23:59 Roma 4-0 Slovan
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Avstraliya terma jamoasi yarim himoyachisi polisiya tomonidan qo‘lga olindi

Avstraliya terma jamoasi yarim himoyachisi polisiya tomonidan qo‘lga olindi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Sassuolo» klubi va Avstraliya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Kristian Volpato noqulay vaziyatga tushib qoldi. The Sun nashri xabariga ko‘ra, o‘tgan kechasi huquq-tartibot idoralari xodimlari 22 yoshli futbolchini tezlikni oshirgani uchun ikki marta to‘xtatishgan.

Birinchi marta tezlikni oshirgandan so‘ng, Volpato alkogol bo‘yicha test topshirgan va natija salbiy chiqqan. Biroq oradan biroz vaqt o‘tgach, Sidney polisiyasi haydovchini yana to‘xtatgan — bu safar yarim himoyachining organizmida kokain moddasi aniqlangan.

Volpato tezlikni oshirgani uchun jarimaga tortildi va uning haydovchilik guvohnomasi yarim yilga bekor qilindi. Shuningdek, keyingi tekshiruvlar uchun futbolchidan qo‘shimcha tahlillar olingan.

Volpato 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan edi. Avstraliya terma jamoasi tarkibida futbolchi uchta o‘yinda maydonga tushib, 1/16 finalgacha yetib borgan.

Kiritildi: 17:20, 24.07.2026.
O'qildi: 748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик