«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska o‘zining noodatiy qoidasi haqida gapirib berdi.
«Lester» va «Chelsi»da shunday qoida bor edi: gol urganimizda, sardor bayram qilish uchun emas, balki ko‘rsatmalar olish uchun zaxira o‘rindig‘i yoniga kelishi kerak edi. Ammo golni sardorning o‘zi ursa, u nishonlashi mumkin. Agar «Manchester Siti» sardori Erling Xoland bo‘lganida, bizda katta muammo yuzaga kelardi! Buni tasavvur qila olasizmi?» — deydi Mareskaning so‘zlarini keltirgan The Athletic.
O‘tgan mavsumda Xoland barcha turnirlarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.













