«Barselona» klubi Lamin Yamal joriy yilda «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritishidan umid qilmoqda. 19 yoshli futbolchi kataloniyaliklar safidagi yorqin mavsum hamda Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempionatidagi g‘alabasi ortidan mukofotning asosiy da’vogarlaridan biri sanaladi.
Diario AS xabar berishicha, «Barselona» rahbariyati vingerning nomzodini faol tarzda ilgari surishga qaror qilgan. «Ko‘k-anorranglilar» safidan himoyachi Pau Kubarsi va yarim himoyachi Rodri Ernandes ham sovringa nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan.
Yamal o‘tgan yili «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egallab, faqat Usman Dembelega yutqazgan edi.













