«PSJ»ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvarasxeliya Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumi yarim finalida «Bavariya»ga qarshi o‘tkazilgan birinchi uchrashuvni esladi. Parijliklar o‘sha bahsda 5:4 hisobida g‘alaba qozongan edi.
«Aqlbovar qilmas o‘yin edi. U futbol tarixida abadiy qoladi. Ushbu uchrashuvda ishtirok etish men uchun katta sharaf bo‘ldi», — deya Kvarasxeliyaning so‘zlarini The Athletic keltirdi.
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, «PSJ» «Bavariya»ni umumiy 6:5 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan.
2025/26 yilgi Chempionlar ligasi finalida Luis Enrike shogirdlari Londonning «Arsenal» klubini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, sovrinni qo‘lga kiritgan.













