«Kristal Pelas» rahbariyati jamoa darvozaboni Din Xenderson bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «burgutlar» Angliya terma jamoasi darvozaboni, 29 yoshli Xenderson uchun yangi shartnoma tayyorlamoqda. Xenderson 2023 yildan beri «Kristal Pelas» safida o‘ynab kelmoqda va joriy mavsumda Premyer-ligada uchta uchrashuvda maydonga tushdi.
Hozirda futbolchi jarohatidan tiklanmoqda. Uning yaqindagi xalqaro tanaffusdan so‘ng, o‘tgan yozda uni o‘z safiga qo‘shib olishga uringan «Nottingem Forest»ga qarshi o‘yinga qadar safga qaytishi kutilmoqda.
Xendersonning «Kristal Pelas» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.













