Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK 2-0 Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Andijon
20/10 19:00 Neftchi 2-4 Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah 1-2 Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche 2-2 Slaviya
20/10 23:59 PSJ 4-2 Barselona
20/10 23:59 Liverpul 4-3 Vilyarreal
20/10 23:59 Shtutgart 1-1 Atletiko
20/10 23:59 Manchester Siti 5-1 AEK
20/10 23:59 Napoli 4-3 Bude-Glimt
20/10 23:59 Portu 0-1 PSV
20/10 23:59 Roma 4-0 Slovan
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

De la Fuente: "JCH-2030 finali Ispaniyada o‘tishi kerak"

De la Fuente: "JCH-2030 finali Ispaniyada o‘tishi kerak"

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2030 yilgi jahon chempionati finali qayerda o‘tkazilishi kerakligi haqida fikr bildirdi.

JCH-2030 Ispaniya, Portugaliya va Marokashda bo‘lib o‘tadi.

"Men faqat o‘z fikrimni ayta olaman. Final ko‘plab sabablarga ko‘ra Ispaniyada o‘tishi kerak, deb hisoblayman.

Hali bunga ancha vaqt bor. Ishonchim komilki, FIFA Ispaniya taklif qila oladigan barcha ustunliklarni — infratuzilma, stadionlar va boshqa imkoniyatlarni munosib baholaydi.

Hozirgi paytda hal qiluvchi uchrashuv Ispaniyada o‘tishi kerakligiga hech qanday shubham yo‘q", — deya de la Fuentening so‘zlarini AS keltirdi.

Avvalroq Marokash tomoni JCH-2030 finali Kasablankada o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini ochiq aytgan edi. Biroq keyinchalik FIFA bu ma’lumotni rad etdi.

Kiritildi: 21:20, 18.09.2026.
O'qildi: 969 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик