Londonning «Arsenal» klubi rahbariyati germaniyalik hujumchi Kay Xaversning kelajagi borasida o‘z pozisiyasini belgilab oldi.
Jurnalist Nikolo Skira ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya Premyer-ligasining amaldagi chempioni 27 yoshli futbolchining vakillari bilan shartnomani uzaytirish yuzasidan muzokaralar boshlashga qaror qilgan.
Xaversning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Germaniyalik hujumchining transfer bozoridagi qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.
Kay Xavers joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasida «Arsenal» safida beshta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urgan.
Beshta tur yakunlariga ko‘ra, «Arsenal» 12 ochko bilan chempionat turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.













