Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati jamoa sardori va yarim himoyachisi Martin Edegorning ayni paytdagi sport formasidan mamnun.
Teamtalk nashri jurnalistlarining ma’lum qilishicha, "to‘pchilar" norvegiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashni klubning asosiy ustuvor vazifasi sifatida belgilagan.
27 yoshli yarim himoyachining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan. Ayni paytda Edegorning transfer bozoridagi qiymati 80 million yevroga baholanmoqda.
Norvegiyalik futbolchi joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasining oltita uchrashuvida maydonga tushib, ikkita gol urdi va bir marta sariq kartochka bilan ogohlantirildi.













