Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoasining joriy mavsumdagi Chempionlar ligasida qanday maqsadni ko‘zlayotganini ma’lum qildi.
Portugaliyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, madridliklar umumiy bosqichni kuchli sakkizlikda yakunlab, pley-offning qo‘shimcha o‘tish o‘yinlarida ishtirok etmaslikni rejalashtirmoqda.
"Bu yil pley-offning o‘tish bosqichida qatnashishni istamaymiz. Maqsadimiz — dastlabki sakkiztalikka kirish.
Biz ilk ikkita uchrashuvda Italiyaning eng kuchli ikki jamoasini mag‘lub etdik. Biroq bu hali hech narsa hal bo‘lganini anglatmaydi.
Hozir butun e’tiborimizni "RB Leypsig"ga qarshi o‘yinga qaratishimiz kerak", — deya Mourinyuning so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.
Qayd etish joiz, "Real" Chempionlar ligasining dastlabki ikki turida olti ochko jamg‘arib, umumiy bosqich turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.
Madridliklar uchinchi turda Germaniyaning "RB Leypsig" klubini qabul qiladi.
Uchrashuv 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 22 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.













