Milanning "Inter" klubi himoyachisi Alessandro Bastoni "Shaxtyor"ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. Uchinchi tur bahsi 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
"Biz har doim bir xil yondashuvga amal qilamiz va o‘yin uslubimiz o‘zgarmaydi. Agar xatolarni, ayniqsa, raqiblar saviyasi yuqoriroq bo‘lgan Chempionlar ligasida kamaytirsak, kerakli natijaga erishishimiz mumkin. Qaysi jamoaga qarshi o‘ynashimizni bilamiz: ular tarkibida ko‘plab braziliyalik futbolchilar bor. Ammo "Inter" har doim o‘z uslubiga sodiq qoladi", — dedi futbolchi.
"Inter" Chempionlar ligasi umumiy bosqichini Madridning "Real" klubiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lish bilan boshladi. Keyin esa "Bryugge"ga qarshi bahsda 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.













