UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida Madridning "Atletiko" klubi safarda Germaniyaning "Shtutgart" jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynab, ochkolarni bo‘lishib olishdi.
"Bizga qarshi pressingda tajovuzkor harakat qiladigan, murosasiz jamoa o‘ynadi. Ular bizga bo‘sh hudud qoldirishmadi va o‘ylashga imkon berishmadi. Biz bu muammoni hal qilish yo‘lini topa olmadik.
Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin jamoamiz o‘yinini kuchaytirdi. O‘tkazib yuborilgan gol bizni faollashishga majbur qildi", — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.
Simeone shogirdlari Chempionlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvini o‘z maydonida Myunxenning "Bavariya" klubiga qarshi o‘tkazadi.













