«Barselona» himoyachisi Jerar Martin Chempionlar ligasida «PSJ»dan uchralgan mag‘lubiyatdan (2:4) so‘ng intervyu berdi.
Xans-Diter Flik shogirdlari uchrashuv yakunida ikkita gol o‘tkazib yuborib, joriy mavsumda ilk bor mag‘lubiyatga uchrashdi. 25 oktyabr kuni kataloniyaliklar La Liga doirasida o‘z maydonida Madridning «Real» klubiga qarshi o‘ynaydi.
«Bugun men biroz noqulaylik his qilgan holda o‘ynadim, ammo bunday uchrashuvlarni o‘tkazib yuborib bo‘lmaydi. Bu mag‘lubiyat «el-klasiko»da bizga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Yakshanba kuni «Real»ni mag‘lub etish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.
Bugungidek o‘yinlarda ko‘p narsani kichik detallar, masalan, yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish hal qiladi. Yaxshiyamki, hozir endi oktyabr oyi. Muammolarni hal qilish uchun vaqtimiz bor», — dedi Martin Barca Universal nashri keltirgan intervyuda.
Yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «el-klasiko» 26 oktyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.













