«Real» hujumchisi Kilian Mbappe 2026 yilgi «Oltin to‘p» mukofoti uchun ovoz berish natijalaridan ko‘ngli qolgani haqida xabar tarqaldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fransiyalik futbolchi nafaqat bosh sovrinni qo‘lga kiritolmagani, balki eng yaxshi besh nafar futbolchi safidan ham joy olmaganidan xabardor qilingan.
Bu yangilik Mbappening qattiq hafsalasi pir bo‘lishiga sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Biroq mazkur ma’lumot hozircha rasmiy tasdig‘ini topmagan. «Oltin to‘p»ning yakuniy natijalari 26 oktyabr kuni o‘tkaziladigan taqdirlash marosimida e’lon qilinishi kutilmoqda.













