Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Gyuler "Real"da Mourinyoning eng ishongan futbolchisiga aylandi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler bosh murabbiy Joze Mourinyoning ishonchini qozonib, jamoa asosiy tarkibining muhim futbolchilaridan biriga aylanmoqda.

The Touchline nashri Marca ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, 21 yoshli turkiyalik futbolchining so‘nggi uchrashuvlardagi ishonchli harakatlari uning jamoadagi mavqeini yanada mustahkamlagan.

Gyuler maydonning bir nechta pozisiyasida samarali harakat qila olishini ko‘rsatib, portugaliyalik mutaxassisda yaxshi taassurot qoldirgan.

Aynan uning universalligi va barqaror o‘yini Mourinyoning yosh futbolchiga tobora ko‘proq ishonch bildirishiga sabab bo‘lmoqda.

Qayd etish joiz, Arda Gyuler joriy mavsumda "Real" tarkibida barcha musobaqalar doirasida 11 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Ushbu bahslarda turkiyalik yarim himoyachi 3 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shu tariqa, Gyuler mavsum boshidan buyon jamoasining 8 ta golida bevosita ishtirok etgan.

Endilikda yosh futbolchining navbatdagi jiddiy sinovi "Barselona"ga qarshi uchrashuv bo‘ladi.

"Real" 25 oktyabr kuni La Liganing 10-turi doirasida kataloniyaliklar mehmoni bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Gyuler mazkur "el-klasiko"da ham asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.

Kiritildi: 08:50, 24.10.2026.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик