Jekson avval ham Emeri qo‘l ostida «Vilyarreal»da to‘p tepgan. 2026 yil yozida esa «Chelsi»dan «Aston Villa»ga o‘tib, yana ispaniyalik mutaxassis bilan bir jamoada jam bo‘ldi.
«Uning ishtiyoqi va g‘alabaga bo‘lgan chanqog‘i hamon avvalgidek. U menga ham, har birimizga ham ishonadi. U bilan yana birga ishlayotganimdan xursandman. Umid qilamanki, birgalikda ko‘plab yutuqlarga erishamiz», — dedi hujumchi uchrashuvdan keyin.













