"Manchester Siti"ning qanot himoyachisi Rayan Ait-Nuri jamoada yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sababli qishki transferlar oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.
Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlariga ko‘ra, Turinning "Yuventus" klubi aljirlik himoyachining "shaharliklar" safidagi vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda. "Keksa sinyora" yanvar oyida futbolchini transfer qilish bo‘yicha rasmiy taklif kiritishni rejalashtirmoqda.
Transfermarkt portali 25 yoshli himoyachining qiymatini 35 million yevro deb baholamoqda. Uning shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda Ait-Nuri Angliya Premyer-ligasida hali birorta ham uchrashuvda maydonga tushmadi.













