Argentina terma jamoasi hamda mamlakat futbol assosiasiyasi prezidenti Klaudio Tapiya boshchiligidagi tashkilot vakillari milliy jamoa bosh murabbiyi Lionel Skaloni va uning oilasiga hamdardlik bildirdi. Murabbiyning onasi Eulaliya Marsetti vafot etdi.
«Barcha argentinaliklar ushbu og‘ir damlarda Skaloni va uning yaqinlariga dalda bermoqda. Sabr tilaymiz!» — deyiladi Argentina terma jamoasining ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.
Lionel Skaloni qo‘l ostida Argentina terma jamoasi 2021 va 2024 yillarda Amerika Kubogida, 2022 yilda Jahon chempionatida hamda o‘sha yili Finalissimada g‘olib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi jahon chempionatida «albiseleste» finalga qadar yetib borgan va hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga mag‘lub bo‘lgan.













