«Yuventus» bosh murabbiy Luchano Spalletti o‘rniga Fransiya terma jamoasining sobiq ustozi Didye Deshamni tayinlashi mumkin.
Foot Mercato nashrining La Stampa va boshqa manbalarga tayanib xabar berishicha, «Djenoa»dan uchralgan 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Spallettining iste’foga chiqarilish ehtimoli oshgan.
Turinliklar 9 turdan keyin A Seriyada sakkizinchi o‘rinda bormoqda. Klub rahbariyati Deshamdan tashqari Stefano Pioli va Antonio Konte nomzodlarini ham ko‘rib chiqmoqda. Biroq Konte «Manchester Yunayted»dan taklif kutayotgani aytilmoqda.
Desham futbolchilik faoliyati davomida «Yuventus» bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan va uch marta Italiya chempioni bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, «Napoli»ga qarshi navbatdagi o‘yindagi mag‘lubiyat Spallettining iste’fosiga sabab bo‘lishi mumkin.













