«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso APLning 9-turida «Manchester Yunayted» ustidan qozonilgan g‘alabani (2:0) sharhladi.
«Natijadan mamnunmiz. Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi, ikkala jamoada ham golli vaziyatlar kam bo‘ldi. Tanaffusda to‘p nazorati muhimligini muhokama qildik. To‘pni o‘zimizda saqlasak, g‘alaba qozonishimizga ishonardik. Bu yetuk o‘yin bo‘ldi.
Men juda talabchanman. Jamoamiz bundan ham yaxshiroq o‘ynay oladi. Oldinga qadam tashlayapmiz, ammo maqsadimizga qanchalik yaqinlashganimizni aytish qiyin.
Ishonchim komilki, mavsumning so‘nggi uch oyida ancha kuchli o‘yin namoyish etamiz», — dedi Alonso TNT Sports efirida.
«Chelsi» navbatdagi uchrashuvini 8 noyabr kuni safarda «Sanderlend»ga qarshi o‘tkazadi.













