| 01/11 00:45 | Milan | 3-1 | Inter | ||
| 01/11 01:00 | Barselona | 6-1 | Alaves | ||
| 01/11 01:00 | Aston Villa | 1-1 | Fulxem | ||
| 01/11 16:00 | Lokomotiv | 1-2 | OKMK | ||
| 01/11 16:30 | Komo | 1-0 | Venesiya | ||
| 01/11 18:00 | Xetafe | 3-1 | Sevilya | ||
| 01/11 19:00 | Frozinone | 2-0 | Torino | ||
| 01/11 19:00 | Lasio | 2-1 | Kalyari | ||
| 01/11 20:15 | Rasing | 0-3 | Real Madrid | ||
| 01/11 21:30 | Liverpul | 0-1 | Arsenal | ||
| 01/11 22:00 | Lechche | 1-2 | Jenoa | ||
| 01/11 22:30 | Elche | 0-1 | Valensiya | ||
| 02/11 00:45 | Yuventus | 2-0 | Napoli | ||
| 02/11 01:00 | Atletik Bilbao | 2-1 | Real Sosyedad | ||
| 02/11 14:56 | Al-Vasl | - | Al-Quva al-Javiya | ||
| 02/11 18:45 | Paxtakor | - | An-Nasr (SA) | ||
| 02/11 21:00 | Traktor | - | Neftchi | ||
| 02/11 21:00 | As-Sadd | - | Al-Ahli (SA) | ||
| 02/11 22:30 | Sassuolo | - | Fiorentina | ||
| 02/11 23:15 | Al-G‘arafa | - | Al-Qodisiya | ||
| 02/11 23:15 | Al-Ittihod | - | Al-Ayn | ||
| 03/11 00:45 | Atalanta | - | Parma | ||
| 03/11 01:00 | Deportivo | - | Osasuna | ||
| 03/11 01:00 | Nyukasl | - | Everton |
Ispaniya kubogi. Yarim final, javob o‘yini
| 13 fevral, soat 02:00 | ||
REAL SOSYEDADGrizman (87)
|
1 : 1 |
BARSELONAMessi (27)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Subikarai Gastanyaga Xose Anxel Ansotegi Saldua M.Gonsales Surutusa Xabi Priyeto Grizmann Vela Seferovich |
Xose Pinto Alba Maskerano Pike Dani Alves Buskets Fabregas Pedro Xavi Inyesta Messi |
|
Matn
| ' | Bugungi onlayn translyasiyalarimizga esa yakun yasaymiz. E’tiboringiz uchun tashakkur! | |
| ' | Nima ham derdik, yana bir "El-Klassiko" muborak bo‘lsin! | |
| ' | Final o‘yini 7 mayga qadar o‘tkazilishi lozim | |
| ' | Final bahsi o‘tadigan kun va stadion hozircha aniq emas | |
| ' | ![]() |
Demak, Ispaniya kubogi finali "Real Madrid" va "Barselona" jamoalari o‘rtasida kechadi! |
| 90+4' | ![]() |
Barbalan xushtagina 3 marta chalib, o‘yinga yakun yasadi. |
| 90+3' | Mahalliy muxlislar "Barsa" darvozasiga kiritilgan bitta goldan xursand bo‘lishmoqda | |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90+1' | ![]() |
Darvozabon Pinto o‘z jarima maydonchasi ichida ikki nafar raqib futbolchisini aldab, sheriklariga to‘pni uzatdi |
| 90' | ![]() |
Buskets out, Bartra - in. |
| 89' | ![]() |
Fabregasga "sariq". |
| 88' | ![]() |
Tezkor hujum natijasida to‘p qap qanot qanot orqali hujumga ko‘chirildi, yarim himoyachi to‘pni jarima maydonchasiga kirib kelgan Grizmanga yetkazdi. U esa to‘pni to‘xtatib o‘tirmay, Pintoning yaqin burchagini nishonga oldi |
| 87' | ![]() |
Gooooollll!!! "Barsa" hujum qildi-hujum qildi, golni esa Grizman urmoqda!!! |
| 86' | ![]() |
Messining zarbasi jonli devorga tegdi. BUrchak to‘pi |
| 85' | ![]() |
Mehmonlar D3 (suratga qarang) zonasidan jarima zarbasini tepishadi. |
| 84' | ![]() |
Fabregas papashyut uslubida to‘pni jarima maydonchasi tomon kirib borayotgan Messiga uzatgandi. To‘p so‘nggi himoyachidan o‘tmay qoldi |
| 83' | ![]() |
Grizman o‘ng qanotdan to‘pni mehmonlar jarima maydonchasiga aylantirib uzatdi. Karlos Vela to‘pga yugurdi, ammo yeta olmadi. Shunday bo‘lsa-da, u Pintoni chalg‘itdi. Darvozabon esa hushyorlikni yo‘qotmadi va to‘pni qaytardi! |
| 80' | ![]() |
Maydon sohiblari jarima zarbasini tepadigan bo‘lishdi. Darvozagacha kamida 30 metr |
| 80' | ![]() |
Sanches o‘ng qanotda o‘tkir burchak ostida posbon bilan yuzma-yuz holatga chiqib bordi. Subikaray oraliq masofani qisqartirgani uchun Sanches chora qo‘llashga kech qoldi |
| 77' | Pedro bugun yomon o‘ynamadi. | |
| 77' | ![]() |
Pedro o‘rniga Sanches tushdi |
| 76' | ![]() |
Vuxxx!!! Alves hujumchi emasda baribir! Messi bilan "devor" o‘ynab, Subikaray bilan yakkama-yakka vaziyatda gol ura olmadi!!! |
| 75' | ![]() |
"Barsa" to‘pni muammolarsiz nazorat qilmoqda. Maydon egalari pressing qilish uchun o‘zlarida kuch topishmoqda hozircha |
| 73' | ![]() |
Pike maydon markazida Karlos Vela bilan to‘qnashib ketdi va jarohat oldi |
| 72' | ![]() |
Karlos Vela akrobatik usulda zarba berishni mo‘ljallab, Maseranoni tepib yubordi |
| 70' | ![]() |
Maskerano o‘ng qanotda Grizmanga nisbatan qoida buzdi. Jarima to‘pidan naf chiqara olishmadi mezbonlar |
| 66' | ![]() |
Xavi maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Song tushdi |
| 65' | ![]() |
"Barsa" jarima maydonchasi ichida kombinasiyalar uyushtirib yuribdi. Messi Fabregasni oldinga boshlagandi. Ammo Seskning qaytadigan orqaga uzatgan to‘pini himoyachilar qaytarishdi |
| 63' | ![]() |
Alves o‘zining qanotidan to‘pni jarima maydonchasiga yerlatib yetkazdi. Pedro uni qabul qilib, bir himoyachini aldayotganida u qo‘li bilan Pedroni tortib qoldi. Vaziyat yaqin turgan hakam esa jim |
| 63' | ![]() |
Hozir Grizman so‘nggi pasni aniqroq berganida, jamoadoshi birga bir vaziyatga chiqib ketardi |
| 62' | ![]() |
Jamoalar FUTBOL o‘ynashmoqda, janoblar!!! Haqiqiy futbol! Ketma-ket qarama-qarshi hujumlar ostida o‘tmoqda o‘yin! |
| 60' | ![]() |
Endi mezbonlar o‘ta qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi. Adashmasak, Grizman darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va to‘pni na o‘zi darvozaga yo‘lladi, na narigi qanotda ochilgan sherigiga aniq yetkaza oldi |
| 58' | ![]() |
Leoning 18 metrdan yo‘llagan zarbasini Subikaray ushlab oldi! |
| 57' | ![]() |
Ax-ax-axa!!!! "Real Sosyedad" darvozaboni qahramon!!! U dastlab birga-bir vaziyatda Messining zarbasini qaytardi. Qaytgan to‘pga Inyesta zarba berdi. Posbon yana qaytardi! |
| 56' | ![]() |
Maydon markazida Messini to‘xtatgani uchun Zurutuzaga sariq kartochka |
| 55' | ![]() |
Vuuuuxxxx! Karlos Vela kutilmaganda o‘ng qanotdan chap oyog‘i bilan to‘pni darvozaning olis burchagiga aylantirdi. To‘p esa Pinto qo‘riqlayotgan darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Gol bo‘lganda ham chiroyli gol bo‘lardi lekin! |
| 53' | ![]() |
Bu safar ham Inyesta Messi bilan devor o‘ynadi va jarima maydonchasiga kirmasdan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 51' | ![]() |
Messi va Inyestaning o‘zaro qisqa paslari natijasida Andres jarima maydonchasiga kirib bordiyu, ikki himoya orasida yiqildi. Penalti emas, degan qarorga keldi hakam |
| 48' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pi aylanasi yonida Alvesga nisbatan qo‘pollik ishlatishdi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni "Sosyedad" darvozaboni bir amallab maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 47' | Davrozabon va Pinto o‘zaro g‘alati va tushunarsiz ishlar qilishdi. Pinto o‘ziga yetkazilgan to‘pni jarima maydonchasi tashqarisida turgan Busketsga yetkazgandi. U esa raqib futbolchilari ta’qibi ostida yana kuchliroq va balandlatib Pinto tomon tepib yubordi. Posbon uni maydon markazi tomon tepib, vaziyatni yumshatdi | |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limni "Real Sosyedad" boshlab berdi! |
| ' | O‘zgarishlar bo‘lmaydiganga o‘xshaydi | |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | Messi tomonidan 27-daqiqada urilgan golga qisqacha izoh beradigan bo‘lsak: Argentinalik futbolchi maydon markazidan raqib jarima maydonchasi yaqinigacha to‘p bilan bordi va 4 nafar himoyachi orasidan shunday zarba berdiki, darvozabon ham ojiz qoldi zarba qarshisida. Supergol. Bunday gollarni Maradona urardi... | |
| ' | Birinchi bo‘limdan so‘ng "Barselona" Messining yagona goli evaziga oldinda bormoqda | |
| 45' | ![]() |
Hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shib o‘tirmadi. Tanaffus. |
| 43' | ![]() |
Fabregas chap qanot yuza chizig‘i bo‘ylab deyarli darvoza ustuni yonigacha yetib keldi. Himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborish orqali xavfni bartaraf etishdi |
| 42' | ![]() |
Ox-ox-ox! "Barsa"ning hujumi juda go‘zal chiqqandi! Ammo gol inobatga olinmadi. Alves hujum paytida shoshib qoldi va ofsayddan gol urdi |
| 35' | ![]() |
Endi esa Karlos Vela darvozabon bilan birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi! Balandlatib yetkazilgan to‘pni Maskerano o‘tkazib yubordi va to‘p Velaga kelib tushdi. U shundoqqina darvozabon qarshisida to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi. Zarbasi o‘ta kuchsiz chiqdi |
| 34' | ![]() |
Vuxxxx! "Barsa" bitta hujumning o‘zida ikkita xavfli vaziyat yaratdi! Avvaliga Pedro o‘ng qanotda bir himoyachini aldab o‘tib, jarima maydonchasiga yorib to‘pni sheriklariga uzatayotganida himoyachilar qaytarib qolishdi. To‘pni egallagan kataloniyaliklar to‘pni yana jarima maydonchasiga qaytarishdi. Pedroning zarbasini darvozabon bir amallab oyoqlari bilan qaytarib qoldi |
| 32' | Karlos Vela maydondan chiqib ketgisi kelyapti shekilli. Endi u kerak bo‘lmagan joyda, maydon markazida ochiqchasiga ikki qo‘li bilan Busketsning yelkasida tortdi. Hakam bu safar uni ayadi | |
| 31' | ![]() |
"Real Sosyedad" futbolchisi Karlos Vela ogohlantirish oldi |
| 30' | ![]() |
Mezbonlar yaxshi hujum tashkil qilishdi. Seferovich darvozabon bilan randevuga chiqarilgandi. Ammo u to‘pga yeta olmadi |
| 27' | ![]() |
Lionel Messi qarshi hujum natijasida "Real Sosyedad" darvozasini ishg‘ol qildi! |
| 27' | ![]() |
Goooooooooollll!!!! |
| 26' | ![]() |
Serxio Buskets ogohlantirildi. Mezbonlarning qarshi hujumini maydon markazida qo‘pollik bilan buzgani uchun. Taktik fol |
| 24' | ![]() |
Tika-tika paslar paytida Messi jarima maydonchasi ichida ofsaydda qolib ketdi |
| 21' | ![]() |
Pedro olis masofadan darvozaga zaba yo‘lladi. To‘p rekoshetga uchragani uchun posbon uchun xavfli bo‘ldi. U to‘pni qaytardi, ammo ushlab qola olmadi. Jarima maydonchasi ichida "Barsa" vakillari yo‘q edi... |
| 20' | ![]() |
3-4 daqiqa davomida to‘p kataloniyaliklar ixtiyorida bo‘ldi. Mezbonlar himoyada yaxshi o‘ynashmoqda |
| 16' | ![]() |
San-sabastyanliklar burchak to‘pi ishlashdi. To‘p burchakdan yetkazib berilganidan keyin jarima maydonchasi tashqarisiga chiqdi. mezbon futbolchisining yo‘llagan zarbasi noaniq bo‘ldi |
| 15' | ![]() |
Mezbonlar maydon markazida to‘pni egallab olib, tezkor qarshi hujumga o‘tishdi. Maskerano biroz qo‘pollik bilan raqib futbolchisini yiqitdi, biroq hakam qoida buzilmadi deb topdi |
| 14' | ![]() |
Mana hozir mezbonlar himoyachisi to‘pni chalqancha uslubda qaytarib qolmaganida Pedro darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qilardi |
| 13' | ![]() |
Kataloniyaliklar payt poylashmoqda. Umuman olganda ularning shoshadigan joylari yo‘q. Ixtiyoriy vaziyatda bitta gol urib olishsa, "Sosyedad"ning ahvoli og‘irlashib ketadi |
| 11' | ![]() |
Maskerano o‘z jarima maydonchasi ichida yaxshi harakat qilmaganida, yana o‘sha Seferovich qanotdan yetkazilgan to‘pni darvozabon tomon to‘g‘rilab qo‘yishi mumkin edi |
| 9' | ![]() |
"Real Sosyedad" chiroyli hujum uyushtirib, hujumchini Pinto bilan birga bir vaziyatga chiqarishgandi. Seferovich biroz ofsaydda qolib ketgan ekan |
| 7' | ![]() |
O‘yin boshidan mehmonlar yaxshi harakat qilishmoqda. O‘z uslublarida hujumlar tashkil etishmoqda |
| 3' | ![]() |
"Barselona"ning hujumi samarasiz chiqdi. Fabregas uzatgan to‘pga o‘ng qanotda Pedro yetib kela olmadi |
| 1' | "Barselona" o‘zining an’anaviy ko‘k-anorrang yo‘l-yo‘l formasida o‘ynayotgan bo‘lsa, mezbonlar oq-ko‘k yo‘l-yo‘l futbolkalarda o‘ynashmoqda | |
| 1' | ![]() |
UCHRASHUV BOSHLANDI! |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishdi | |
| ' | Bugungi o‘yinni "Real" jamoasi a’zolari ham kuzatib borishsa kerak. Bevosita ushbu o‘yin orqali ularning finaldagi raqibi nomi aniqlanadi | |
| ' | Bugungi o‘yinni esa Xorxe Barbalan boshqarib boradi | |
| ' | Xerardo Martino ushbu o‘yinga jangovar tarkibni tushirishga qaror qildi | |
| ' | Tobora yaxshi formaga kirib borayotgan Messi boshchiligidagi "Barselona" esa nimalarni tayyorlab kelgan ekan. Ko‘ramiz, kuzatamiz | |
| ' | "Real Sosyedad" birinchi o‘yindagi 2ta to‘pdan iborat farqni yo‘qqa chiqarib ko‘rishga urinib ko‘radi | |
| ' | ![]() |
Qadrli futbol muxlislari, Ispaniyaning San-Sebastyan shahrida bo‘lib o‘tadigan o‘yindan matnli translyasiyamizni boshlaymiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|
|