Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 00:45 Napoli 1-0 Torino
22/11 01:00 Real Madrid 2-1 Selta
22/11 16:00 Dinamo 0-1 Bunyodkor
22/11 16:30 Yuventus 4-0 Venesiya
22/11 18:00 Barselona 3-2 Vilyarreal
22/11 19:00 Xall Siti 2-0 Brayton
22/11 19:00 Bolonya 1-1 Udineze
22/11 19:00 Sassuolo 0-2 Jenoa
22/11 20:15 Rasing 3-2 Real Sosyedad
22/11 21:30 Liverpul 4-0 Man. Yunayted
22/11 22:00 Milan 5-1 Frozinone
22/11 22:30 Osasuna 1-0 Malaga
23/11 00:45 Atalanta - Inter
23/11 01:00 Xetafe - Atletiko
24/11 00:45 Monsa - Fiorentina
24/11 01:00 Levante - Elche
24/11 01:00 Brentford - Everton

REAL MADRID – ALAVES

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

29-tur, 2 aprel, 19:15. Bosh hakam: Sanches Xose

REAL MADRID

Karim Benzema (31)
Isko (85)
Nacho (88)

3 : 0

ALAVES

JAMOALAR TARKIBI
13. Kiko Kasilya (D)
06. Nacho
05. Rafayel Varan
03. Pepe
23. Danilo
22. Isko
19. Luka Modrich
08. Toni Kroos
07. Krishtianu Ronaldu
09. Karim Benzema
11. Garet Beyl
  01. Fernando Pacheko (D)
02. Rodrigo Eli
15. Teo Ernandes
05. Laguardiya
24. Zuxar Feddal
08. Viktor Kamarasa
19. Manu Garsiya
17. Edgar Mendes
18. Tokero
11. Ibai Gomes
20. Deyverson
ZAHIRA
25. Ruben Yaniz (D)
02. Daniel Karvaxal
16. Mateo Kovachich
20. Marko Asensio
21. Alvaro Morata
17. Lukas Vaskes
18. Mariano Dias
  13. Adrian Ortola (D)
04. Aleksis
03. Raul
16. Daniyel Torres
10. Oskar Romero
25. Aleksandr Katay
09. Kristian Santos

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat. Bugun 23:45da "Granada" - "Barselona" o‘yinidan tashkil qilinadigan onlayn translyasiyada uchrashguncha. Biz bilan birga bo‘ling
90+3'
O‘yin yakunlandi. "Real" yirik hisobda g‘alaba qozondi va La liga peshqadamligini o‘zida saqlab qolmoqda
90+1'
Vuuuh! Jarimadan yetkazilgan uzatmani Feddal bosh bilan darvoza tomon burdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
88'
GOOOOOOOL! Nacho, 3:0! Beyl jarima zarbasidan ajoyib zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi va Nacho bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi.
85'
GOOOOOOL! Isko, 2:0! Ronalduning uzatmasidan keyin ispaniyalik yarim himoyachi jarima maydonchasi yorib kirdi va o‘tkir burchakdan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi!
85'
Kovachich olis masofadan zarba berdi. Pacheko to‘pni egallab oldi
83'
Vuuuuuh! Karvaxal chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va yuqoridan olis ustun tomon uzatma berdi. Beyl to‘pni darvoza tomon burishga harakat qildi, ammo to‘p to‘rga yon tomondan tegdi
81'
"Real"da o‘zgarish: Benzema o‘rniga Lukas Vaskes tushdi
80'
Iskoning uzatmasidan keyin Beyl o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirishga urindi, ammo himoyachi to‘p yo‘lini to‘sib, uelslik futbolchiga imkoniyat bermadi
77'
Vuuuuuh! Benzemaning uzatmasidan keyin Ronaldu markaz bo‘ylab jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p Krishtianuning oyog‘iga o‘tirmadi hamda maydonni tark etdi.
69'
"Alaves"da o‘zgarish. Ibai Gomes o‘rniga Romero tushdi.
68'
"Real"da o‘zgarish. Luka Modrich o‘rniga Mateo Kovachich tushdi.
67'
Ronaldu chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berishga urindi, ammo to‘p maydonni tark etdi
65'
Tomonlar bir martadan hujum tashkil qilishdi, ammo xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
60'
VUUUUUH! "Alaves" ikkinchi bo‘limda uchinchi 100 foizlik imkoniyatdan foydalana olmayapti! Qanotdan jarima maydonchasi burchagiga uzatma berildi. Tokero to‘pni egallab, olis ustun tomon uzatmani amalga oshirdi. Deyverson to‘pga tashlandi, ammo yana o-o-o-zgina ulgura olmadi.
56'
VUUUUUH!!! Xavfli vaziyat! Kasilya to‘pni urib yubordi, ammo to‘pni mehmonlar egallab olishdi. Tokero oldinga yurdi va olis ustun tomon uzatma berdi. Yugurib borayotgan Deyverson to‘pga birozgina yeta olmadi. Aks holda u bo‘sh darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lardi.
55'
Vuuuuh! To‘p "Alaves" darvozasidan o‘rin oldi, ammo ofsayd tufayli bekor qilindi. Modrichning uzatmasidan keyin Ronaldu ofsaydda qolgan ekan.
53'
Daniloga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
48'
VUUUUUH! "Alaves" hisobni tenglashtirishiga bir baxya qoldi! Tekero o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Kiko Kasilya to‘pni mushti bilan urib yubordi, ammo to‘p Deyversonga keldi. Hujumchi bo‘sh qolgan darvozaga bosh bilan aniq zarba bera olmadi!
46'
Benzema ofsaydda qoldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Alaves" 1:0, tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Vuuuuh! "Real" chap qanotdan hujum tashkil qildi. Danilo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib, Beylga uzatma berdi. Garetning zarbasidan keyin to‘p olis ustun yonidan dumalab o‘tib ketdi
44'
Modrich raqib jarima maydonchasi ichida bir himoyachini aldash chog‘ida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi.
39'
Mehmonlar xavfli vaziyat yaratishdi, ammo hujumchi undan foydalana olmadi
37'
"Alaves"da yaxshi imkoniyat. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Deyverson bosh bilan zarba berdi. Noaniq
36'
Burchak to‘pidan keyin yuzaga kelgan xavfli vaziyatni himoyachi bartaraf etdi
35'
Ronaldu jarima zarbasini tepdi. To‘p jonli devordan maydonni tark etdi
34'
Burchak to‘pi xavfli chiqmadi
34'
"Real" burchak zarbasi ishladi
31'
GOOOOOL! Karim Benzema, 1:0! Fransiyalik futbolchi jarima maydonchasiga kirayotgan Karvaxalga uzatma berdi va Daniel to‘pni orqaroqqa qaytardi. Benzema 8-9 metrdan darvozani osonlik bilan ishg‘ol qildi.
27'
Vuuuuh! Ronaldu chap qanotda bir himoyachidan chiroyli o‘tib ketib, o‘tkir burchak ostida aniq zarba berdi. Pacheko to‘pni egallab oldi
25'
Vuuuh! Chap qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani himoyachi qaytardi, ammo to‘pni Isko egallab oldi. Isko bir himoyachini chiroyli aldadi va 14 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
22'
Uzatma ancha xavfli bo‘ldi. Kasilya to‘pni urib yubordi
22'
To‘p Modrichning qo‘liga tegdi. Mehmonlar jarima zarbasi tepishadi
20'
Karvaxal jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba bera olmadi
19'
Beyl o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib, jamoadoshlariga uzatma berishga harakat qildi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi
18'
Beyl jarimadan zarba berdi. Ammo to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
17'
Rodrigo Eli sariq kartochka oldi. U jarima maydonchasi tashqarisida Ronalduni yiqitdi
16'
Ehhh, Benzema! Karim shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i ustidan aniq zarba bera olmadi
15'
"Alaves" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Kasilya to‘pni egallab oldi
13'
"Real" jarima maydonchasi ichida Edgar Gomes yiqildi, ammo penalti yo‘q.
11'
"Alaves" xavfli hujum tashkil qildi va burchak to‘pi ishladi
11'
E’tiborli tomoni, "Madrid" zaxira o‘rindig‘ida boshqa himoyachi qolmadi
10'
"Real"da majburiy o‘zgarish: Varan jarohat olib maydonni tark etmoqda. Uning o‘rniga Karvaxal tushdi
10'
"Alaves" futbolchisi olis masofadan zarba berdi. Kasilya to‘pni muammosiz egallab oldi
9'
"Real" to‘pni nazorat qilmoqda. "Alaves" ishonchli himoyalanmoqda
4'
Ustunlik madridliklar tomonida
1'
Vuuuh! Dastlabki zarbani Ronaldu berdi. Krishtianu jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarba natijasida to‘p yuqoridan o‘tib ketdi
1'
O‘yin boshlandi. To‘pni "Alaves" futbolchilari o‘yinga kiritib berishdi
'
Ispaniya chempionatining 29-turi doirasida "Real" o‘z maydonida "Alaves"ni qabul qilmoqda.
'
FIFA kunlari yakuniga yetib, yana Yevropa milliy chempionatlariga qaytamiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик