Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 00:45 Napoli 1-0 Torino
22/11 01:00 Real Madrid 2-1 Selta
22/11 16:00 Dinamo 0-1 Bunyodkor
22/11 16:30 Yuventus 4-0 Venesiya
22/11 18:00 Barselona 3-2 Vilyarreal
22/11 19:00 Xall Siti 2-0 Brayton
22/11 19:00 Bolonya 1-1 Udineze
22/11 19:00 Sassuolo 0-2 Jenoa
22/11 20:15 Rasing 3-2 Real Sosyedad
22/11 21:30 Liverpul 4-0 Man. Yunayted
22/11 22:00 Milan 5-1 Frozinone
22/11 22:30 Osasuna 1-0 Malaga
23/11 00:45 Atalanta - Inter
23/11 01:00 Xetafe - Atletiko
24/11 00:45 Monsa - Fiorentina
24/11 01:00 Levante - Elche
24/11 01:00 Brentford - Everton

ALAVES – BARSELONA

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya kubogi

final, 28 may, 00:30. Bosh hakam: Klos Gomes

ALAVES

Teo Ernandes (33)

1 : 3

BARSELONA

Lionel Messi (30)
Neymar (45)
Pako Alkaser (45+3)
JAMOALAR TARKIBI
01.Fernando Pacheko (D)
02.Rodrigo Eli
24.Zuxar Feddal
22.Karlos Vigaray
15.Teo Ernandes
19.Manu Garsiya
17.Edgar Mendes
06.Markos Lyorente
21.Kiko Femenia
20.Deyverson
11.Ibai Gomes
  13.Yasper Sillessen (D)
03.Jerar Pike
18.Xordi Alba
23.Samuel Umtiti
08.Andres Inyesta
14.Xavyer Maskerano
04.Ivan Rakitich
05.Serxio Buskets
17.Pako Alkaser
10.Lionel Messi
11.Neymar
ZAHIRA
13.Adrian Ortola (D)
04.Aleksis
16.Daniyel Torres
08.Viktor Kamarasa
10.Oskar Romero
07.Ruben Sobrino
18.Tokero
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
19.Lyuka Din
33.Marlon Santos
21.Andre Gomes
22.Aleyks Vidal
06.Denis Suares
07.Arda Turon

Matn

90+3'
O‘yin tugadi. "Barselona" Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
86'
Oskar Romero jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba berdi
83'
"Barsa"da o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Aleish Vidal tushdi
81'
"Alaves" faol o‘ynashga harakat qilmoqda. ammo vaziyatlardan foydalana olmayapti
76'
Inyesta sariq oldi
71'
Deyverson "Barsa" darvozasini ishg‘ol qildi, ammo so‘nggi uzatma paytida u ofsaydda qolgan ekan
70'
Basklarda yana 2ta imkoniyat yuzaga keldi. Ular vaziyatlardan foydalana olishmadi
70'
"Alaves"da yaxshi imkoniyat. Autdan otib berilgan to‘p Sobrinoga kelib tushdi. Uning zarbasi Gomeshga tegib qaytdi
66'
Vuuuuh! Inyesta Messidan uzatma qabul qildi va jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
61'
Vuuuuh! Alba o‘z darvozaboniga uzatma berdi. To‘pga "Alaves" hujumchisiga yetib olishiga sal qoldi. Sillessen bir amallab to‘pni tepib yuborishga ulgurdi
60'
"Alaves"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi
59'
Rakitich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Biroz noaniq
58'
Vuuuuuh! Gomesh o‘ng qanotdan raqib darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. To‘p Alkaserning oyog‘idan maydonni tark etdi deb hisobladi hakam
47'
Vuuuuh! Messining ajoyib uzmatsidan keyin yaqin masofadan darvozani ishg‘ol etdi
46'
Ikkinchi bshlim start oldi
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha "Alaves" - "Barselona" 1:3.
45+3'
GOOOOOOOOL! Pako Alkaser, 1:3! Messi chap qanotdan yurishni amalga oshirdi, bir necha himoyachilardan o‘tib ketib, jarima maydonchasida ochilgan Alkaser pas berdi. Pako birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!
45+2'
Vuuuuh! Alkaser juda qulay pozisiyadan bosh bilan zarba bera olmadi. Uzatmani Messi bergandi
45'
GOOOOOOL! Neymar, 1:2! Kataloniyaliklar qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Neymar 1 metrdan bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi
42'
Umtiti ogohlantirildi
41'
Vuuuuh! Raqitich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi, to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
40'
Messi jarimadan kuchli zarba yo‘lladi. Pacheko to‘pni egallab oldi
39'
Manu sariq kartochka oldi
38'
"Barselona" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachi to‘pni qaytardi
33'
GOOOOOOL! Teo Ernandes jarimadan zarba berdi va olis "to‘qqizlik"ka to‘pni mixladi! 1:1!
32'
"Alaves" jarima maydonchasi burchagidan jarima zarbasi tepadi
30'
GOOOOOOOOL! Lionel Messi, 0:1! Argentinalik futbolchi Neymar bilan "devor" o‘ynab oldi va 16 metrdan chap oyoqda zarba berib, to‘pni darvozaga joyladi!
27'
VUUUUUUUH! Pikening xatosidan keyin Deyverson to‘pni egallab olib, jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p Sillessenning qo‘li orqali ustunga tegdi va darvoza chizig‘i bo‘ylab dumalagancha, narigi ustun yonidan o‘tdi. "Alaves" futbolchisi to‘pni egalladi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Noaniq
23'
Messi raqib jarima maydonchasi tashqarisida 2 futbolchidan chiroyli o‘tib ketdi, ammo uchinchisi qo‘li bilan to‘xtatdi. Hakam burchak to‘pi belgilamoqda. Boisi, Neymarning zarbasidan keyin to‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
22'
"Barsa" ketma-ket 2 marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz
20'
"Barsa" qarshi hujumga o‘tdi. Neymar chap qanotdan oldingi intildi va jarima maydonchasi tashqarisidagi Messini to‘p bilan ta’minladi. Argentinalik futbolchining zarbasini himoyachi qaytardi
16'
Edgar Mendes sariq kartochka oldi. Vaholanki u maydondan chetlatilishi kerak edi. U maydondan yotgan Umtitining oyog‘ini butsasining tishlari bilan bosdi
15'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Sillessen musht bilan urib yubordi.
15'
"Alaves" qarshi hujum tashkil qilib, burchak to‘pi ishladi
11'
Maskeranoni zambilda olib chiqib ketishdi. Andre Gomesh maydonga tushdi
10'
Maskerano o‘yinni davom ettira olmaydigan ko‘rinadi. Uning o‘rniga Andre Gomesh tushishga tayyorgarlik o‘krmoqda
9'
Maskerano Lyorente bilan havoda bosh bilan to‘qnashib ketdi. "Barselona" himoyachisi boshidan qon oqmoqda.
6'
VUUUUUUH! Messi olis ustun tomon uzatma berdi. Alba to‘pga yetib borib, bosh bilan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Alkaser to‘pga yeta olmadi, to‘p ustun yonidan maydonni tark etdi
3'
Inyesta o‘z jarima maydonchasi ichida raqibning hujumini 2 marta bartaraf etishiga to‘g‘ri keldi
2'
"Barsa" ijrosida xavfli hujum. Messi jarima maydonchasiga kirayotgan Alkaser tomon aniq uzatma berdi. Pako bosh bilan to‘pni Neymarga qoldirdi. Braziliyalik futbolchi jarima maydonchasi ichiga to‘pni qaytardi, ammo "Alaves" xavfni bartaraf etdi
1'
Bahs boshlandi. To‘pni o‘yinga kataloniyaliklar kiritib berishdi
'
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishdi
'
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" Ispaniya chempionatini 2-o‘rinda, "Alaves" esa 9-pog‘onada yakunlagan
'
Bugungi o‘yinda Luis Suares "Barsa"ga yordam bera olmaydi. U diskvalifikasiyaga uchragan. Shuningdek, Serji Roberto ham bugungi bahsda ishtirok etmaydi
'
Madriddagi «Visente Kalderon» stadionida Ispaniya kubogi final bahsi bo‘lib o‘tadi. Bosh sovrin uchun "Barselona"ga "Alaves" klubi raqiblik qiladi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик