Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 00:45 Atalanta 4-4 Inter
23/11 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
23/11 18:45 Neftchi 2-2 Al-Hilol
23/11 21:00 Al-Ayn 1-1 Istiqlol
23/11 21:00 Ash-Shamol 3-2 Al-Ahli (SA)
23/11 21:00 Traktor 1-5 Al-Vasl
23/11 23:15 Al-Ittihod 2-0 Paxtakor
23/11 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-G‘arafa
24/11 00:45 Monsa - Fiorentina
24/11 01:00 Levante - Elche
24/11 01:00 Brentford - Everton

MANCHESTER SITI – MANCHESTER YUNAYTED

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya premyer-ligasi, 33-tur

7 aprel, 21:30. Bosh hakam: Maykl Atkinson

MANCHESTER SITI

Vensan Kompani (25)
Ilkay Gyundogan (30)

2 : 3

MANCHESTER YUNAYTED

Pol Pogba (53, 55)
Kris Smolling (69)
JAMOALAR TARKIBI
31.Ederson Morayes (D)
04.Vensan Kompani
30.Nikolas Otamendi
25.Fernandinyo
18.Fabian Delf
07.Rahim Sterling
19.Leroy Sane
08.Ilkay Gyundogan
20.Bernardo Silva
21.David Silva
03.Danilo
  01.David de Xea (D)
03.Erik Bayi
12.Kris Smolling
25.Antonio Valensiya
18.Eshli Yang
21.Ander Errera
14.Jessi Lingard
31.Nemanya Matich
06.Pol Pogba
07.Aleksis Sanches
09.Romelu Lukaku
ZAHIRA
01.Klaudio Bravo (D)
02.Kayl Uoker
14.Emerik Laport
42.Yaya Ture
17.Kevin de Breyne
33.Gabriyel Xesus
10.Serxio Aguero
  40.Joel Kashtru (D)
05.Markos Roxo
02.Viktor Lindelyof
08.Xuan Mata
39.Skott Maktomini
11.Antoni Martial
19.Markus Reshford
SARIQ KARTOCHKA
 
Ander Errera (37)
Romelu Lukaku (45)

Matn

90+7'
O‘yin yakunlandi. "Manchester Yunayted" raqibi maydonida "Siti"ning og‘zidan chempionlik oshini olib ketdi!
90+3'
Gabriyel Jezus sariq oldi
90+1'
O‘yinga 5 daqiqa qo‘shib berildi
90+1'
Danilo ogohlantirish oldi
90'
Vuuuuuh! Burchak to‘pidan keyin to‘p Sterling orqali ustunga tegib qaytdi!
89'
VUUUUUH! De Xea qutqarmoqda! Sane chap qanotdan havolatib uzatma berdi. Aguero bosh bilan xavfli zarba berdi. David de Xeadan ajoyib seyv!
88'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Samarasiz
83'
"Siti" bosimni oshirib bormoqda
82'
"MYU"da o‘zgarish: Sanches o‘rniga Reshford tushmoqda
81'
Pol Pogba ogohlantirildi
79'
Fernandinyo sariq oldi
79'
Takroriy lavha ko‘rsatdiki, penalti 100% ekan, bundan tashqari Eshli Yang maydondan chetlatilishga loyiq qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yibdi
77'
"MYU" jarima maydonchasi ichida Aguero yiqildi. Hakam penalti yo‘qlgini ko‘rsatdi.
76'
"Manchester Siti"da o‘zgarish: Gyundogan o‘rniga Serxio Aguero tushdi
72'
"Siti"da ikkita o‘zgarish: David Silva o‘rniga Kevin de Bryuyne, Bernardu Silva o‘rniga Gabriyel Jezus tushirildi
71'
Sterling o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib kelib, burchak to‘pi ishladi
69'
GOOOOOOOL! Kris Smolling, 2:3! Aleksis Sanches jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. "MYU" himoyachisining yolg‘iz o‘zi darvozani ishg‘ol qilib ketdi!
67'
Danilo darvoza yaqiniga uzatma berdi. "Siti" futbolchilari to‘pni egallay olishmadi
66'
Gyundogan jarima zarbasini tepdi. Noaniq
60'
Vuuh! Lingard olis masofadan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
58'
Vuuuuh! David Silva raqib darvozabon maydonchasi chap tomonida to‘pni egallab, Sane tomon uzatma berdi. Ammo de Xea to‘pni egallab oldi
55'
GOOOOOOL! Pol Pogba, 2:2! Dahshat! Sanchesning superpasidan keyin fransiyalik futbolchi bosh bilan darvozani ishg‘ol etdi!
53'
GOOOOOOOL! Pol Pogba, 2:1! Sanches chap qanotdan ikki futbolchidan o‘tib ketdi, jarima maydonchasiga uzatma berdi. Matich ko‘kragi bilan to‘pni Pogbaning yo‘liga tashlab berdi. Pol birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!
51'
VUUUUUUH! David Silva jarima maydonchasiga kirayotgan Rahimga uzatma berdi. U to‘pni egallab qulay joyga ochilayotgan Gyundoganni to‘p bilan ta’minladi. Ilkay bergan zarbadan keyin to‘p ustun va to‘sin kesishgan joyga tegib, maydonni tark etdi
49'
Vuuuh! Pogba jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berdi. Ederson burchakka yo‘l olayotgan to‘pni egallab oldi
49'
Mehmonlar ketma-ket 2 marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Hozircha samarasiz
47'
"MYU" yaxshi hujum tashkil qildi. Lukaku chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va 11 metrli nuqta atrofida ochilayotgan Lingardga uzatma berishga harakat qildi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
46'
Ikkinchi bo‘lim start oldi. Davom etamiz
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Siti" - "Yunayted" 2:0. Tanaffus. "Man. Siti" 45 daqiqasi kam chempion!
45'
Romelu Lukaku sariq oldi
43'
Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmaga Gyundogan bosh bilan zarba berdi. De Xeani to‘pni egallab oldi
41'
Xavfli hujum! Sene chap qanotdan oldinga o‘tib, to‘pni orqaroqqa tashlab berdi. Sterling 13 metrlardan chap oyoqda zarba berdi. To‘p De Xeaning qo‘liga kelib tushdi
37'
Ander Errera sariq kartochka oldi. U Fernandinyoni ochiqchasiga chalib yiqitdi
36'
EHHHHHH, RAHIM! U yana bir marta "MYU"ni kechirmoqda. Bu safar David Silva uni birga-bir vaziyatga chiqardi. Sterling yana bir marta yuqoriga tepib yubormoqda
33'
VUUUUH! Rahim "MYU"ni kechirdi. Fernandinyoning uzatmasidan keyin Sterling yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. To‘pni yuqoridan o‘tib ketdi. Gvardiola boshini changallab qoldi...
31'
GOOOOOOOOL! Ilkay Gyundogan, 2:0! "Siti" futbolchilari raqib mudofaasini parchalab tashlashdi. Barchasi De Xeaning to‘pni muvaffaqiyatsiz o‘yinga kiritishidan boshlandi. Sterling ikki himoyachi orasida to‘pni o‘tkazib Gyundogan yetkazdi. Ilkay qolgan futbolchilarni chalg‘itib, darvoza tomon aniq zarba berdi.
29'
Yang chap qanotdan uzatma berdi. Ancha muvaffaqiyatsiz. To‘p olis ustun tomondan maydonni tark etdi
25'
GOOOOOOOL! Vensan Kompani! Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi!
24'
"MYU" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Lukaku mezbonlar jarima maydonchasi ichida yolg‘iz to‘pni qabul qildi, ammo ofsayd
22'
VUUUUUH! "Shaharliklar" hisobni ochishlari mumikin edi. Mehmonlar darvozabon maydonchasi yaqiniga yetkazilgan uzatma uchun kurashda Bernardu Silva himoyachidan ustun keldi va qiyinchilik bilan bo‘lsa-da darvoza tomon zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. De Xea oyog‘i bilan zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi
20'
Mehmonlar maydon markazida to‘pni olib qo‘yishdi. David Silva olis masofadan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo noaniq
19'
To‘p nazorati mezbonlar tomoniga o‘tdi. "Yunayted" ko‘pchilik bo‘lib himoyalanmoqda
16'
"Siti"ning hujumi samarasiz yakunlandi
15'
O‘yin tengkurashlar ostida kechmoqda. Aleksis Sanches ofsaydda qoldi
8'
Bu safar hakamlar xato qilishdi. Sterling o‘ng qanotda Yangdan o‘tib ketayotganida Eshli uni tortib yiqitdi. Ammo hakamlar fol qayd etishmadi
5'
E’tiborga molik vaziyat. David Silva chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. To‘p esa kutilmaganda yiqilib tushgan Eshli Yangning qo‘liga tegdi. Hakam o‘yinni to‘xtatmadi
3'
Mezbonlar havorang, Mourinyo jamoasi esa qizil rangli formada haarkat qilishmoqda
1'
O‘yin boshlandi!
'
Angliya chempionatida chempionlik jangi boshlanmoqda. "Manchester Siti" o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qilmoqda.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик