Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/11 17:00 OKMK 0-1 Qizilqum
20/11 17:00 Lokomotiv 2-1 Paxtakor
20/11 18:30 Navbahor 3-2 Neftchi
21/11 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Espanyol
21/11 17:00 Qo‘qon-1912 0-1 So‘g‘diyona
21/11 17:00 Nasaf 2-0 Mash’al
21/11 17:30 Manchester Siti 1-1 Fulxem
21/11 18:00 Alaves 3-1 Deportivo
21/11 18:00 Xorazm 0-0 Buxoro
21/11 19:00 Komo 2-0 Kalyari
21/11 19:00 Lasio 3-0 Lechche
21/11 20:00 Bornmut - Nottingem Forest
21/11 20:00 Aston Villa - Sanderlend
21/11 20:00 Chelsi - Lids
21/11 20:00 Koventri Siti - Kristal Pelas
21/11 20:00 Tottenxem - Ipsvich
21/11 20:15 Rayo Valyekano - Valensiya
21/11 22:00 Parma - Roma
21/11 22:30 Sevilya - Betis
21/11 22:30 Nyukasl - Arsenal
22/11 00:45 Napoli - Torino
22/11 01:00 Real Madrid - Selta
22/11 16:00 Dinamo - Bunyodkor
22/11 16:30 Yuventus - Venesiya
22/11 18:00 Barselona - Vilyarreal
22/11 19:00 Xall Siti - Brayton
22/11 19:00 Bolonya - Udineze
22/11 19:00 Sassuolo - Jenoa
22/11 20:15 Rasing - Real Sosyedad
22/11 21:30 Liverpul - Man. Yunayted
22/11 22:00 Milan - Frozinone
22/11 22:30 Osasuna - Malaga

BARSELONA – MANCHESTER YUNAYTED

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Yevropa chempionlar ligasi, chorak final

Javob o‘yini. 16 aprel. soat 23:59. Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya)

BARSELONA

Lionel Messi (16, 20)
Filippe Koutinyo (61)

3 : 0

MANCHESTER YUNAYTED

JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
18.Xordi Alba
03.Jerar Pike
15.Kleman Lengle
08.Artur
20.Serxi Roberto
04.Ivan Rakitich
05.Serxio Buskets
07.Filippe Koutinyo
09.Luis Suares
10.Lionel Messi
  01.David de Xea (D)
02.Viktor Lindelyof
12.Kris Smolling
04.Fil Jons
18.Eshli Yang
39.Skott Maktomini
14.Jessi Lingard
06.Pol Pogba
17.Fred
11.Antoni Martial
10.Markus Reshford
ZAHIRA
13.Yasper Sillessen (D)
23.Samuel Umtiti
02.Nelsinyo Semedu
22.Arturo Vidal
21.Karles Alenya
14.Malkom
11.Usmon Dembele
  22.Serxio Romero (D)
20.Diogo Dalot
15.Andreas Pereyra
31.Nemanya Matich
08.Xuan Mata
09.Romelu Lukaku
07.Aleksis Sanches

Matn

90+3'
O‘yin tugadi. "Barselona" Yevropa chempionlar ligasi yarim finaliga yo‘shl oldi. Kataloniyaliklar yarim finalda "Liverpul" - "Portu" juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
90'
VUUUUH! Ter Shtegen qutqardi. "MYU" o‘ng qanotdan hujum tashkil qilib, jarima maydonchasiga yuqoridan uzatma berdi. Sanches bosh bilan kuchli zarba yo‘llagandi. Ter Shtegen so‘nggi pallada to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
88'
Oho! Suares jarima maydonchasi chizig‘i ustidan "parashyut" zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan oshib, to‘rga yuqoridan kelib tushdi
86'
"Barsa" jarima maydonchasi tomon yaxshi pas bo‘lgandi. Rakitich "podkad" orqali xavfni bartaraf etdi
85'
Vidal olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p rekoshet holatida maydonni tark etdi
83'
Dalot ofsaydda qoldi. Aks holda darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqayotgandi
81'
"Barselona"da uchinchi o‘zgarish: Koutinyo o‘rniga Usmon Dembele tushirildi
80'
"MYU"da o‘zgarish: Jessi Lingard o‘rniga Aleksis Sanches tushirildi
78'
Oho! Lingard olis masofadan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
77'
Luis Suares ogohlantirish oldi.
75'
"Barsa"da o‘zgarish: Artur o‘rniga Arturo Vidal tushirildi
73'
"MYU"da o‘zgarish: Reshford o‘rniga Lukaku tushirildi
'
Narigi bahsda ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan "Ayaks" hisobda oldinga chiqib oldi — 1:2. Endi "Yuventus" kamida 2ta gol urishi shart
71'
"Barselona"da o‘zgarish: Serji Roberto o‘rniga Nelson Semedu tushirildi
67'
Inglizlar qarshi hujumga o‘tishdi. Reshford "Barsa" jarima maydonchasiga kirdiyu, ammo sherigiga uzatma berishiga Pike yo‘l qo‘ymadi
65'
VUUUUUH! Messsiii! Lionel darvozashacha 10 metrlar masofadan chalqancha uslubda zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
64'
Alba chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Messi tomon uzatma berdi. Jons uzatmani qaytarib qoldi
61'
GOOOOOOL! Filippe Koutinyo, 3:0! Olis masofadan ajoyib zarba bilan "to‘qqizlik"ni nishonga oldi!
60'
Mehmonlar yaxshi kombinasiya tashkil qilib, raqib jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Pogba o‘tkir burchak ostida noaniq zarba berdi va jamoadoshlaridan uzr so‘rab qo‘ydi
56'
Brix "MYU" darvozasi tomon penalti belgilashi mumkin edi, ammo bu ishni qilmadi. Messi bosh jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p uchun yugurayotgan Suaresni Smollingni yiqitgandi
53'
Messi burchakdagi bayroqcha yonida belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
51'
Kataloniyaliklar ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. "Ikkinchi qavat"da "MYU" himoyachilari ustunlik qilishmoqda
50'
Koutinyo Jonsni aldab, jarima maydonchasiga kirib bordi. Biroq Fil so‘nggi pallada to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi
48'
Burchak to‘pini mehmonlar qaytarishdi
48'
Vuuuh! Messi uchinchi golni urishi mumkin edi. Suaresning uzatmasidan keyin Leo 15 metrlardan zarba berdi. Darvoza tomon borayotgan to‘p himoyachining oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi
47'
"MYU" chap qanotdan hujum tashkil qildi. Lingard jarima maydonchasi ichida qabul qildi, ammo himoyachilar unga zarba berish imkonini berishmadi
46'
Mezbonlarning hujumi samarasiz yakunlandi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Manchester Yunayted" 2:0. Tanaffus
45+1'
VUUUUUH! Messi maydon markazidan boshlab Fil Jonsni ikki marta aldadi va chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Albaga uzatma berdi. Xordi olis ustun tomon pas berdi. Rakitichning zarbasini De Xea chiziq ustida qaytardi. Messi tomon berilgan uzatmani esa Fil Jons qaytarib qoldi!
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Reshford jarima zarbasini yo‘lladi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi
41'
Xavfli vaziyat. O‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini Messi o‘yinga kiritdi. Rakitich raqib jarima maydonchasi ichida bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. De Xea to‘pni egallab oldi
40'
Messining uzatmasidan keyin Suares hujumga o‘tdi. Urugvaylik futbolchi Smolling bilan kurashda imkoniyatni boy berdi
38'
Pogba olis masofadan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
34'
"Yuventus" - "Ayaks" o‘yinida hisob tenglashdi — 1:1.
33'
Alba chap qanotdan uzatma berdi. Himoyachi uzatmani qaytardi
29'
"Yuventus" - "Ayaks" o‘yinida Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. Parallel kechayotgan o‘yinda Messi 2ta gol urganini eshitib qoldi shekilli
26'
Vuuuh! Rakitich-Alba-Messi kombinasiyasidan keyin Leo jarima maydonchasi ichida zarba berdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
24'
Maydon egalari to‘pni nazorat qilishmoqda. Hozircha Sulsher shogirdlari "nokdaun"dan so‘ng o‘zlariga kela olishmayapti
20'
GOOOOOOOL! Lionel Messi, 2:0! Eh, David de Xea! Argentinalik futbolchi jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida o‘ng oyoqda unchalik kuchli bo‘lmagan zarba berdi. Darvozabon to‘pni qo‘ltiqlari orasidan o‘tkazib yubordi. De Xeaga yarashmaydigan qo‘pol xato...
18'
Bitta narsa aniq: bu o‘yinda qo‘shimcha bo‘limlar va penaltilar seriyasi bo‘lmaydi
16'
GOOOOOOOL! Lionel Messi! Argentinalik futbolchi raqib himoyachilarining xatosini jazoladi. Leo o‘ng qanotda Eshli Yangdan to‘pni olib qo‘yib, biroz markaz tomon surildi va o‘z uslubida zarba berib, to‘pni darvoza burchagiga joylab qo‘ydi
15'
Alba chap qanotdan juda yaxshi uzatma bergandi. Fil Jons bosh bilan qutqardi. Aks holda Suares zarba berishga tayyor turgan edi
14'
"MYU" tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Reshford mezbonlar jarima maydonchasigacha yaqinlashib, 18 metrlardan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egalladi
11'
Feliks Brix videotakrorni ko‘rish uchun monitor tomon ketdi. Penalti bekor qilindi! O‘yin davom etadi
11'
PENALTI! "MYU" darvozasi tomon! Jarima maydonchasi ichida Fred va Rakitich to‘qnashuvida Ivan yiqildi
10'
Smolling to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Yana bir burchak to‘pi o‘yinga kiritildi. Pogba bosh bilan to‘pni qaytardi
9'
"Barselona" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Suares o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi
8'
"Barselona" raqibning tempini pasaytirish maqsadida to‘pni nazorat qilmoqda
6'
"MYU" ijrosida tezkor qarshi hujum. Lingard markaz bo‘ylab jarima maydonchasiga kirib bordi. Uch himoyachi bir amallab undan to‘pni olib qo‘yishdi
5'
Luis Suares raqibning markaziy himoyachilarini aldab, jarima maydonchasiga kirishga urindi. David de Xea to‘pni egallab oldi
4'
"MYU" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ish zarbagacha yetib bormadi
2'
Inglizlarning yana bir hujumi. Maktomini jarima maydonchasiga to‘p bilan kirayotgan edi. Himoyachilar unga zarba berish uchun imkon berishmadi
1'
VUUUUH! "MYU" hisobni ochishi mumkin edi! Pogbaning uzatmasidan keyin Reshford darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, zarba yo‘lladi. To‘p to‘singa tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi.
1'
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga mankunianliklar kiritib berishdi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yevropa chempionlar ligasi: «Barselona» - «Manchester Yunayted» o‘yinidan matnli onlayn translyasiyaga xush kelibsiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик