Kirish Ro'yxatdan o'tish
  • Real Madrid
  • Barcelona
  • Manchester United
  • Liverpool
  • Chelsea
  • Arsenal
  • Juventus
  • Bayern
  • Milan
  • PSG
28/11 00:45 Venesiya 0-0 Bolonya
28/11 01:00 Nottingem Forest 3-2 Chelsi
28/11 01:00 Levante 1-3 Rasing
28/11 16:15 Neftchi 2-2 Dinamo
28/11 16:15 Qizilqum 1-2 Paxtakor
28/11 18:00 Betis 0-1 Rayo Valyekano
28/11 19:00 Frozinone 3-0 Parma
28/11 20:00 Lids 3-0 Koventri Siti
28/11 20:00 Man. Yunayted 0-4 Brentford
28/11 20:15 Malaga 3-4 Atletik Bilbao
28/11 22:00 Torino 1-2 Lasio
28/11 22:30 Ipsvich 2-2 Aston Villa
28/11 22:30 Elche 2-3 Atletiko
29/11 00:45 Inter - Jenoa
29/11 01:00 Real Madrid - Alaves
29/11 14:00 Surxon - Lokomotiv
29/11 16:00 Nasaf - OKMK
29/11 16:00 Andijon - Bunyodkor
29/11 16:15 So‘g‘diyona - Navbahor
29/11 16:30 Udineze - Fiorentina
29/11 17:00 Everton - Liverpul
29/11 18:00 Valensiya - Osasuna
29/11 19:00 Sassuolo - Napoli
29/11 19:05 Brayton - Nyukasl
29/11 19:05 Kristal Pelas - Xall Siti
29/11 19:05 Fulxem - Bornmut
29/11 19:05 Sanderlend - Tottenxem
29/11 20:15 Deportivo - Barselona
29/11 21:30 Arsenal - Manchester Siti
29/11 22:00 Roma - Monsa
29/11 22:30 Selta - Vilyarreal
30/11 00:45 Komo - Yuventus
30/11 01:00 Real Sosyedad - Sevilya
30/11 22:30 Lechche - Atalanta

O‘ZBEKISTON – KUVAYT

O‘rtoqlik uchrashuvi.

07.09.2012. «Paxtakor» markaziy stadioni
O‘ZBEKISTON

O‘ZBEKISTON

Sanjar Tursunov (18)
Aleksandr Geynrix (45, 47)

3 : 0

KUVAYT

KUVAYT

JAMOALAR TARKIBI
12. Ignatiy Nesterov
22. Shohruh Gadoyev
2. Anzur Ismoilov
19. Akmal Shorahmedov
4. Artyom Filiposyan
23. Vagiz Galiulin
17. Sanjar Tursunov
8. Server Jeparov
18. Temur Kapadze
9. Fozil Musayev
15. Aleksandr Geynrix
  1. Xolid ar-Rashidiy
8. Talal al-Enziy
15. Aziz al-Slemiy
14. Talal al-Amir
3. Fahad Shahin
4. Muhammad ar-Rashidiy
19. Dari Sayid
20. Yusuf al-Sulaymon
21. Ali al-Maqsid
10. Aziz al-Enziy
2. Amir Al-Fozil
ZAHIRA
1. Murodjon Zuhurov
21. Sardor Qobiljonov
3. Vadim Afonin
5. Islom Inomov
6. Jasur Hasanov
7. Vladimir Shishelov
10. Ulug‘bek Baqoyev
11. Marat Bikmayev
13. Lutfulla To‘rayev
14. Stanislav Andreev
26. Jasur Hasanov
20. Islom To‘xtaxo‘jayev
 

Matn

'
O‘zbekiston - Kuvayt - 3:0!
90+1'
Kompensasiya vaqti tugadi va Ermatovning final hushtagi yangradi!
90'
Ikkinchi bo‘limga ham 1 daqiqa qo‘shib berildi
84'
Ulug‘bek Baqoyev gol urgandi. Ammo ofsaydda qolib ketdi
82'
Kuvayt murabbiyi yana bir o‘zgarishni amalga oshirdi.
80'
Tursunov tomonidan o‘ng qanotdan uzatgan to‘pga Baqoyev emas, darvozabon ega chiqdi
79'
Terma jamoamizda oltinchi futbolchi almashtirilishi: Akmal Shorahmedov o‘rniga Islom Inomov tushirildi.
77'
Terma jamoamiz ijrosida ajoyib kombinasiya. Hujumda bir necha futbolchilar ishtirok etishdi. Shorahmedov jarima maydonchasiga kirar-kirmay darvoza tomon zarba berdi. Zarba noaniq chiqdiyu, ammo Baqoyev ham to‘pga biroz yeta olmadi.
76'
Vladimir Shishelov HAsanovga to‘pni uzatdi. JAsur to‘pni jarima maydonchasiga - orqaroqqa uzatdi. Futbolchilarimizga to‘pga yetib kela olishmadi
75'
Kuvaytning xavfli hujumi. Jarima maydonchasi ichidan yo‘llangan zarba kuchli chiqdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi.
74'
Jasur Hasanov "Nasaf" hujumchisi Vladimir Shishelovni birga bir vaziyatga chiqardi. Volodyaning zarbasi kuch yetishmadi
73'
Kapadze sardorlik bog‘ichini Baqoyevga qoldirib ketdi. Bir o‘yinda 3ta sardor
72'
Yana bir o‘zgarish. Fozil Musayev o‘rniga Vadim Afonin tushirildi.
72'
Terma jamoamizda o‘zgarish. Temur Kapadze o‘rniga Lutfulla To‘rayev tushirildi.
70'
Kuvaytda yana bir futbolchi almashtirildi
69'
Jasur HAsanov o‘z qanotidan oldinga intilib, to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Baqoyevning bosh bergan zarbasini darvozabon zo‘rg‘a qaytarib qoldi.
66'
Akmal Shorahmedov ogohlantirildi.
64'
Jasur HAsanov ijrosida xavfli zarbaaaaaa!!! Kombinasiya: Tursunov - Baqoyev - HAsanov! To‘pni darvozabon maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
61'
Kuvaytliklar haqiqiy arabcha hujum tashkil qilishdi va Nesterov bilan birga bir vaziyatga chiqib borgan futbolchining bergan zarbasini Artyom Filiposyan darvoza chizig‘i ustida qaytarib qoldi
60'
O‘zbekiston tarkibida birdaniga 3ta o‘zgarish bo‘ldi:
Vagiz Galiulin - Jasur Hasanov
Aleksandr Geynrix - Ulug‘bek Baqoyev
Server Jeparov - Vladimir Shishelov
58'
Kuvayt tarkibida yana bir o‘zgarish bo‘ldi
57'
Aleksandr Geynrix qanotdan qochib ketib, Jeparovga pas berdi. Server bu to‘pga ulgurmadi.
53'
Aleksandr Geynrix jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. Darvozabon zo‘rg‘a egallab oldi.
51'
Terma jamoamiz burchak to‘pini ishladi. Geynrix to‘pni Gadoyevga uzatgandi. Shohrux jarima maydonchasi ichida 6-7 nafar futbolchini bemalol aldab yurdi.
50'
Kuvaytda yana o‘yinchi almashdi. 19-raqamli futbolchi o‘ringa 5-raqamli Muhammad Sanat tushirildi.
49'
Kuvaytliklar burchak to‘pini ishlashdi!
47'
Sanjur Tursunov to‘pni o‘ng qanotdan ochilayotgan Jeparovga uzatdi, u esa jarima maydonchasi ichidaga GEynrixga uzatdi. Sasha bir himoyachini aldab o‘tib, darvozani ishg‘ol qildi!
47'
ALEKSANDR GEYNRII-I-I-I-X!
47'
GGGO-O-O-O-O-O-O-O-O-O-LLLLLLLLLLLLLLL!!!
46'
IKKINCHI BO‘LIMNI O‘ZBEKISTON BOSHLAB BERDI
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Kuvayt tarkibida 2ta o‘yinchi almashdi.
'
Tanaffus oldidan muxlislarning kayfiyati ancha ko‘tarildi. Sashani olqishlar bilan kuzatib qo‘yishdi.
45+1'
Gol bo‘lgan vaziyatda Kovalenko 1 raqami yozilgan tabloni ko‘rsatdi. To‘p markazdan o‘yinga kiritilishi bilan Ermatov bo‘limni yakunladi.
45'
Haqiqiy Geynrixcha gol! Qaychi uslubida!!! Yashavor Sasha! Yana assistentlik rolida Akmal Shorahmedov!
45'
GO-O-O-O-O-O-OO-O-O-O-OO-O-OLLLLL!!!!!
45'
Kuvayt futbolchisi noaniq zarba berdi
43'
Jarima zarbasi xavfli bo‘ldi. Biroq biroz noaniq
42'
Kuvayt qarshi hujumda jarima zarbasi ishladi. Darvozagacha masofa 30 metr
40'
Fozil Musayevning darvoza tomon bergan zarbasini darvozabon egallab oldi.
38'
Jeparov qanotdan to‘pni GEynrix tomon uzatgandi, ammo himochilar qaytarib qolishdi. Filiposyan ogohlantirilgan vaziyatdan oldin esa Server jarima to‘pi orqagi Sashaga to‘pni a’lo darajada yetkazgandi, Geynrix qulay vaziyatdan gol ura olmadi.
37'
Artyom Filiposyan raqibning tezkor qarshi hujumini qaytarib qolgani uchun
36'
Tursunov va Galiulin qanotlarni almashtirib o‘ynashmoqda.
34'
Kuvayt ilk marta burchak to‘pi tepadi
33'
Kuvaytning hujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
32'
Serverning 28 metrlardan yo‘llangan kuchli zarbasini darvozabon zo‘rg‘a maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
31'
Galiulin tomonidan jarima maydonchasi tomonidan yetkazilgan to‘p himoyachilar tomonidan bartaraf etildi
30'
Vagiz Galiulin o‘ng qanotda jarima maydonchasiga kirish arafasida bir himoyachini aldab o‘tgandi, ammo yiqilib tushdi. Ermatov esa o‘yin qoidasi buzilmaganini ko‘rsatdi.
29'
To‘p jonli devorga tegdi va keyingi zarba o‘ta noaniq chiqdi.
28'
Darvozamiz tomon jarima to‘pi belgilandi. To‘p futbolchining qo‘liga tegdi.
25'
Temur Kapadzening 22 metrlardan yo‘llangan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi
23'
Aleksandr Geynrix tepgan dastlabki burchak to‘pini himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Ikkinchisida esa darvozabon xatoga yo‘l qo‘ydi, ammo futbolchilarimiz undan foydalana olishmadi
22'
O‘zbekiston burchak to‘pi tepadi. Uni Shohruh Gadoyev ishladi
22'
O‘ng qanotga yaqin chiziqda terma jamoamiz jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p chap qanotdan autga chiqib ketdi
20'
Terma jamoamiz xavfli nuqtadan jarima zarbasi ishlagandi. Jeparov jonli devor qo‘yilishini kutib o‘tirmaydi to‘pni darhol jarima maydonchasiga yetkazdi. HImoyachilar to‘pni qaytarishdi.
18'
Aleksandr Geynrix o‘ng qanotda ochilayotgan Akmal Shorahmedovni to‘p bilan ta’minladi. "Bunyodkor" himoyachisi to‘pni jarima maydonchasi kuchli tarzda yo‘lladi. Sanjar Tursunov esa yerga tegib sakrayotgan to‘pga boshini tutdi va to‘p darvoza to‘riga borib tushdi!!!
18'
GOO-O-O-O-O-O-O-O-O-O-LLLLLL!!!
16'
Stadionga tashrif buyurgan muxlislar soni kam. Ancha kam
15'
O‘zbekistonlik futbolchilar qarshi hujumda xavfli harakat qilishdi. Geynrix 2-3 nafar futbolchi orasidan to‘pni Serverga yetkazdi. Jeparovning 18 metrdan bergan zarbasi noaniq chiqdi.
14'
Server Jeparov bitta pas bilan GEynrixni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqarib yuborayotganida, himoyachi to‘pni egallab oldi. Yuqorilatib berish kerak edi...
12'
MAydon markazida har bir qarich yer uchun kuli pressing ketmoqda. Ermatov esa jamoalarga o‘ynash imkonini bermoqda
10'
Burchak to‘pini qaytarayotgan himoyachiga nisbatan Filiposyan bexosdan qo‘pollik ishlatib qo‘ydi
10'
O‘yindagi ilk burchak to‘pi terma jamoamiz tomonidan o‘yinga kiritiladigan bo‘ldi.
7'
Mehmonlar o‘ng qanotda Tursunovga nisbatan qoida buzishgan bo‘lsada, Akmal Shorahmedov to‘ni egallab olib, jarima maydonchasiga yetkazib berdi. U yerda esa to‘pga zarba beradigan o‘zbekistonlik futbolchi topilmadi.
5'
Kuvaytlik himoyachi xatoga yo‘l qo‘yishiga sal qoldi. U tepgan to‘p Geynrixga tegib, darvozabon qo‘liga bordi
3'
Futbolchilarimiz hozircha to‘pni yo‘qotishi bilan faol pressing qo‘llashga urinmoqda
2'
Terma jamoamiz o‘zining ilk hujumini chap qanotdan uyuushtirishga urindi.
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Hakamlar va jamoa sardorlari o‘rtasidagi kichik qur’a tashlash marosimi va esdalik uchun suratga tushish yakunlandi.
'
Hakamlar brigadasi bugun ko‘k rangli kiyimda harakat qilishadi
'
O‘zbekiston terma jamoasi fan-klubi terma jamoasining ulkan razmerdagi bayrog‘ini tribunaga yoydi va uni xilpiratmoqda
'
O‘zbekiston oq, Kuvayt esa qizil rangli formada harakat qiladi.
'
Endi navbat O‘zbekiston davlat madhiyasiga
'
Kuvayt madhiyasi ijro etildi
'
O‘zbekiston va Kuvayt milliy terma jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda
'
Darvoqe, kecha bo‘lib o‘ting mitingda, bugungi o‘yinda 6tagacha o‘yinchi almashtirish borasida kelishib olindi. Zaxira futbolchilar tarkibini birozdan keyin sahifaga kiritamiz.
'
Bugungi o‘yin hakamlari: Ermatov, Rasulov, Saidov
'
O‘yin boshlanishiga 10 daqiqa qoldi. JAmoalar chigalyozdi mashg‘ulotlarini yakunlab, kiyinish xonasiga kirib ketishdi.
'
O‘zbekiston zaxira tarkibiga 12 nafar futbolchining nomi kiritilgan.
'
Mirjalol Qosimov asosiy tarkibning chap qanot himoyasiga Shohruh Gadoyevni, yarim himoyasiga esa Vagiz Galiulinni qo‘ydi
'
Tarkiblar e’lon qilindi va siz uni sahifamizning o‘ng va chap tomonlarda ko‘rib turibsiz
'
ASSALOMU ALAYKUM, HURMATLI FUTBOL ISHQIBOZLARI! BARCHANGIZNI O‘ZBEKISTON VA KUVAYT TERMA JAMOALARI O‘RTASIDAGI O‘RTOQLIK UCHRASHUVINI BIZ BILAN BIRGA KUZATIB BORISHGA TAKLIF QILAMIZ!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.
18+


счётчик