Kirish Ro'yxatdan o'tish
  • Real Madrid
  • Barcelona
  • Manchester United
  • Liverpool
  • Chelsea
  • Arsenal
  • Juventus
  • Bayern
  • Milan
  • PSG
28/11 00:45 Venesiya 0-0 Bolonya
28/11 01:00 Nottingem Forest 3-2 Chelsi
28/11 01:00 Levante 1-3 Rasing
28/11 16:15 Neftchi 2-2 Dinamo
28/11 16:15 Qizilqum 1-2 Paxtakor
28/11 18:00 Betis 0-1 Rayo Valyekano
28/11 19:00 Frozinone 3-0 Parma
28/11 20:00 Lids 3-0 Koventri Siti
28/11 20:00 Man. Yunayted 0-4 Brentford
28/11 20:15 Malaga 3-4 Atletik Bilbao
28/11 22:00 Torino 1-2 Lasio
28/11 22:30 Ipsvich 2-2 Aston Villa
28/11 22:30 Elche 2-3 Atletiko
29/11 00:45 Inter - Jenoa
29/11 01:00 Real Madrid - Alaves
29/11 14:00 Surxon - Lokomotiv
29/11 16:00 Nasaf - OKMK
29/11 16:00 Andijon - Bunyodkor
29/11 16:15 So‘g‘diyona - Navbahor
29/11 16:30 Udineze - Fiorentina
29/11 17:00 Everton - Liverpul
29/11 18:00 Valensiya - Osasuna
29/11 19:00 Sassuolo - Napoli
29/11 19:05 Brayton - Nyukasl
29/11 19:05 Kristal Pelas - Xall Siti
29/11 19:05 Fulxem - Bornmut
29/11 19:05 Sanderlend - Tottenxem
29/11 20:15 Deportivo - Barselona
29/11 21:30 Arsenal - Manchester Siti
29/11 22:00 Roma - Monsa
29/11 22:30 Selta - Vilyarreal
30/11 00:45 Komo - Yuventus
30/11 01:00 Real Sosyedad - Sevilya
30/11 22:30 Lechche - Atalanta

Ash-Shabob (Dubay) – Neftchi (Farg‘ona)

18.02.2012. Osiyo Chempionlar ligasi. Saralash pley-offi

O‘yin tugadi
Ash-Shabob (Dubay)

Ash-Shabob (Dubay)

Iso Ubayd (6, 61)
Aziz Alijonov (90+3-avtogol)

3 : 0

Neftchi (Farg‘ona)

Neftchi (Farg‘ona)

JAMOALAR TARKIBI
Ismoil Juma
Volid Abbos
Iso Muhammad
Muhammad Marzuq
K.Vilyanueva
Azizbek Haydarov
Abdulloh Abbos
Jasim Muhammad
Syel
Iso Ubayd
Kyeza
  X.Chilmatov
D.Ermatov
F.Xolmurodov
SH.Po‘latov
M.Saidov (S)
I.Akromov
S.Mirzayev
A.Alijonov
B.Yoqubov
A.Berdiyev
O.Nurboyev

Matn

90+4'
Uchrashuv yakunlangani xususida hushtak chalindi. "Neftchi" yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi va OFK kubogining D guruhiga yo‘l oldi. "Ash-Shabob" esa OCHLning "D" guruhiga
90+4'
AVTOGOOOOL!!!Neftchi nihoyat gol urdi - faqat o‘z darvozasiga. Bu vaziyatda Azizbek Haydarov burchakdan to‘pni oshirdi. To‘p Aziz Alijonovning yelkasidan Chilmatov darvozasiga yo‘l oldi.
90+3'
So‘nggi daqiqada Shabob burchak to‘pi tepadi
90+2'
Otabek Isroilovga sariq. Qo‘pol o‘ynagani uchun. Raqib uchun ayni muddao
90+2'
Surur Salim maydonga tushirildi. Kyeza o‘rniga.
90'
O‘yingayana 3 daqiqa qo‘shib berildi. Bu orada Volid Abbos D7 zonadan Chilmatov hushyorligini sinab ko‘rdi.
90'
Nosir Ma’sud Karlos Vilyanueva o‘rniga maydonga tushdi.
87'
Syel o‘rniga Dovul al-Balushiy maydonga tushdi
86'
Ash-Shabob maydon markazida to‘pni nazorat qilmoqda. To‘g‘ri-da, shoshilish uchun vaj yo‘q
84'
Sardor Mirzayev o‘rniga Sherzod Hakimov maydonga tushirildi. Mezbonlar hozircha o‘zgarishlarsiz harakat qilishmoqda...
84'
L2 zonadan yana bir standart ijro etadi NEFTCHI
83'
G‘ayrat Jumayevga sariq kartochka ko‘rsatildi.
82'
Mansur Saidovning aniq zarbasini Ismoil Robia’ Juma qaytarib bordi.
81'
Neftchi M3 zonadan jarima zarbasi amalga oshiradi.
80'
Neftchi ikkinchi qavatda raqiblariga yutqazmoqda. Shu sababli raqib qanotlan yorib kirib jarima maydoniga to‘p havolatmoqda. Ikki gol ham deyarli shunday vaziyatda kiritilgani e’tiborga molik.
78'
YE7 zonadan Shabob jarima zarbasi ijro etdi. Noaniq
77'
Iqbol Akramov o‘rniga G‘ayrat Jumayev tushirildi...
76'
Xavf bartaraf etildi va Shabobning braziliyalik hujumchilari qarshi hujumda... Yo‘q, vziyat boy berildi.
76'
Neftchi o‘ng tomondan yana burchakdan to‘p kiritadi...
75'
Isroilovning zarba berishiga imkon berishmadi.
74'
Mezbonlarning Haydarov boshlab bergan hujumidan so‘ng Neftchi jarima maydnida palapartishlik yuzaga keldi. Xislat Chilmatov kuchli bir zarbani to‘sib qoldi
73'
Mansur Saidov o‘ngan to‘pni qabul qilib olib K7 zonadan juda kuchli zarba yo‘lladi. Biroz baland, biroz... Neftchining goli yetilyapti.
70'
Azizbek Haydarovning D7 zonadan yo‘llagan kuchli zarbasini Chilmatov qo‘lidan chiqarib yubordi va ikkinchi urinishda ushladi.
68'
Yana Neftchining pozision hujumi.Birok Alijonov L5 zonadan zarbani risoladagidek amalga oshira olmadi
66'
Neftchi o‘ng qanotda ancha vaqt to‘pni aniq oshirib egallab turdi biroq vaziyatni samarali yakunlashda aniqlik yetishmadi
64'
Aziz Alijonov J7 zonadan zarba berdi. Kuchli biroq noaniq
62'
D7 zonada Vilyanuevaga qarshi qo‘pollik ishlatildi. Jarima zarbasi.
61'
GOL! Iso Ubayddan dubl. Avvaliga Azizbek Haydarovning D7 zonadan bergan zarbasi ustunga tegib qaytdi, paydo bo‘lgan palapartishlikdan so‘ng Iso Ubayd hisobni 2-0 ga yetkazdi.
60'
Otabek Isroilov Iso Muhammadga jarohat yetkazganga o‘xshayapti J7 zonada
59'
Jamoalar shoshilmasdan hujumga o‘tishmoqda galma galdan
57'
Karlos Vilyanueva o‘yin qoidasini buzdi. D6.
54'
"Ash-Shabob" darhol hujumga otlanib o‘ng qanotdan to‘p havolatildi. "Neftchi"himoyachilari tartibli o‘ynashdi.
53'
Neftchi o‘ng qanotdan hujumga o‘tdi. Qoida buzildi. M8 zonada... Mezbonlar jarima to‘pi tepishadi.
50'
N6 zonadan mezbonlar jarima to‘pi tepishadi. Aziz Alijonov jarohat olganga o‘zshayapti. To‘p uchun kurashda
48'
Jarima zarbasi juda chiroyli ijro etildi, mezbonlar qaytara solib qarshi hujumga o‘tishdi va fosaydga tushib qolishdi. Syel!
48'
"Neftchi" S2 zonadan jarima ijro etadi.
47'
Karlos Vilyanueva "Neftchi" jarima maydoni ichida simulyasiya ishlatdi. Hakam bee’tibor qoldirdi bu qilmishini!
47'
Ekarnlaringizning chap tomonida "Neftchi" darvozasi, o‘ng tomonida "Ash-Shabob" darvozasi bo‘ladi. Birinchi bo‘limni sharhlagani uchun Muhrim A’zamxo‘jayevga minnatdorchilik bildiramiz. Noutbuk oldida Shuhrat Shokirjonov
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlab berildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshida "Neftchi"da futbolchi almashtirildi. Anvar Berdiyev o‘rniga Otabek Isroilov tushirildi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakundangani haqida hushtak chaldi Turkiy
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa vaqt qo‘shib berildi...
42'
"Neftchi" asosan o‘ng qanotdan tashkil etmoqda, ammo hozirgacham tashkil etilgan eng xavfli hujum chap qanotdan boshlangan edi.
41'
Ozib-yozib bir yaxshi hujum bo‘lib qolgandi, zarba ham yomon berilmadi, darvozabon o‘tkazib yubordi ham. Ammo haddan tashqari kuchli zarba bilan tepilgan to‘p darvoza ustuniga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
39'
Hech narsa bo‘lgani yo‘q. Foydalana olishmadi.
39'
Odil Abdulloh Baxtiyor Yoqubovga nisbatan juda bir yaxshi o‘yin qoidasini buzdi. Mansur Saidov, gol urarmikinsan?
36'
"Neftchi"ning o‘yini muhokama uchun, hozircha, ko‘p ham arzimayotgani uchun asosan uning formasi muhokama qilinyapti. Tahririyatda ham, Feysbukda ham, Tvitterda ham, xullas, hammayoqda. "Qop kiyib olishganmi?". Ha, bosh qismi, kallasini yopib qo‘ysa, qopga o‘xshaydi-qoladi.
36'
Dilyorbek Ermatovga qo‘pollik qilgani uchun Josiyel Da Silva oladiganini oldi.
34'
Agar "Ash-Shabob" futbolchisi o‘yindan tashqari holatda qoldi, deb hisoblanmaganida edi, hisob 2:0ga yetardi.
33'
"Neftchi"da qarshi hujumlar uchun yaxshi imkoniyatlar bo‘layapti, lekin qarshi hujumlarning o‘zi bo‘lmayapti. Chunki tezkor qarshi hujumlarni tashkil etish uchun kerak bo‘ladigan tezlik, mahorat, shijoat yetishmayapti. Ochiqchasiga.
31'
"Neftchi"dan birinchi zarba! Iqbol Akramov. Nisbatan xavfli! Aylanma zarba. Uzoqdan. Shunaqa tentak zarbalarning birortasi o‘xshab qolishi mumkin!
30'
Murod Rizayev: "Neftchi" o‘ziga kelmoqda". Bir hujum qilib qoldi-da endi, lekin raqib darvozaboni hali bezovta qilingani yo‘q hali.
28'
Hisob atigi 1:0, hozircha, lekin "Neftchi"ning o‘yiniga qarab, umid uchqunini ko‘rish ham qiyin bo‘layapti-da. Iroda ko‘rsata olarmikin yo, Sarkisyan shogirdlari?!
28'
Faxriddin Xolmurodov raqib qarshi hujumini to‘xtatib qolgani uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan "mukofotlandi".
27'
Aziz Haydarov Baxtiyor Yoqubovga qo‘pollik qilib, hakamga: "To‘pga o‘ynadim-ku!", deb turibdi-da! :)
23'
"Sport" telekanali o‘tkazayotgan so‘rovnomaga ko‘ra, OCHLda hammadan ham "Neftchi" klubimiz muvaffaqiyatli ishtirok etarkan. Keyin "Nasaf", undan keyin "Paxtakor". "Bunyodkor" esa muvaffaqiyat masalasida to‘rtinchi bo‘lar ekan. Tarkibga qarab bunday o‘ylamaysan, kishi.
20'
Yaxshi ham Hislat Chilmatov bor darvozada!
19'
Maydon markazida to‘p bilan Aziz Haydarov!
18'
Dahshat, "Ash-Shabob" "Neftchi" qo‘riqlashi kerak bo‘lgan markazdan juda va juda osonlik bilan o‘tib ketmoqda: ikkita to‘p uzatish va "Shabob" hujumchilari "Neftchi" jarima maydonchasi ichida to‘p bilan!
18'
"Neftchi" ham o‘ylangan kombinasiya orqali hujum tashkil qilmoqchi, maydon markazida yorib kirib. Hozircha o‘xshamayapti.
17'
Uchrashuvni eronlik hakam Muhsin Turkiy brigadasi boshqarib bormoqda.
15'
Shu vaqtgacha "Ash-Shabob" futbolchilari "Neftchi" darvozasi tomon 4 ta zarba yo‘llashibdi. Farg‘onaliklarda hali birorta ham zarba bo‘lgani yo‘q.
15'
O‘yin sur’ati ancha tushdi. "Neftchi" futbolchilari o‘zlariga kelib olishdi, shekilli.
11'
Mansur Saidov, Sardor Mirzayev ham Anvar Berdiyevdan umid qilishdan boshqa chora yo‘q. Himoya biroz ishonchliroq harakat qilsa bo‘ldi edi...
10'
"Neftchi" qo‘pol ham pala-partish o‘yin namoyish etmoqda.
9'
Uchrashuvdagi birinchi kartochka: raqib futbolchisiga nisbatan o‘ta qo‘pol harakat qilgan Iqbol Akramov sariq kartochka bilan jazolandi.
8'
"Neftchi" Dubay klubini faqat qo‘pollik evaziga to‘xtatib qola olmoqda, xolos.
6'
24-raqam ostida harakat qilayotgan Iso Obayd "Neftchi" darvozasini ishg‘ol qildi. Hehe, boshlanishi yomon. Ammo biz voqealarning bunday rivojiga ham tayyor edik-ku, to‘g‘rimi? "Ash-Shabob" - "Neftchi" 1:0. Hozircha.
6'
"Ash-Shabob"! GOL!
5'
"Neftchi" asosan o‘ng qanotdan hujum tashkil qilmoqda. Hozir ham himoyachi deyarli o‘z nuqtasida raqib jarima maydonchasiga qadar yetib keldi.
5'
"Stadion" tahririyatida "Neftchi"ning libosi "Nasaf"ning o‘tgan yilgi formasiga haddan tashqari o‘xshashligi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ha, hozircha bundan qiziqroq mavzu yo‘q, o‘yin atrofida.
4'
Aziz Haydarov katta ekranda. "Neftchi" o‘ng qanotdan yaxshiroq hujum tashkil etishga harakat qildi-yu, lekin samarasiz yakunlandi. Baxtiyor Yoqubovning to‘p uzatishi ko‘p ham yaxshi chiqmadi...
2'
To‘p bilan ko‘proq "Ash-Shabob" futbolchilari. BAA klubi tarkibida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov to‘p surmoqda.
2'
Muhammad Marzuq "Neftchi" sardori Mansur Saidovga qarshi juda qo‘pol o‘ynadi; kartochka yo‘q.
2'
"Neftchi" futbolchilari raqibning 44-raqamli futbochlisini bir marta yaxshilab yiqitishga ham ulgurishdi.
1'
Birinchi hujum "Ash-Shabob"dan. Juda ham qiyshiq zarba.
1'
O‘yinni "Neftchi" boshladi.
1'
O‘yin boshlandi!
'
Assalomu alaykum! "Neftchi" o‘yinni boshlashga tayyor! :)
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.
18+


счётчик