| 22/11 00:45 | Napoli | 1-0 | Torino | ||
| 22/11 01:00 | Real Madrid | 2-1 | Selta | ||
| 22/11 16:00 | Dinamo | 0-1 | Bunyodkor | ||
| 22/11 16:30 | Yuventus | 4-0 | Venesiya | ||
| 22/11 18:00 | Barselona | 3-2 | Vilyarreal | ||
| 22/11 19:00 | Xall Siti | 2-0 | Brayton | ||
| 22/11 19:00 | Bolonya | 1-1 | Udineze | ||
| 22/11 19:00 | Sassuolo | 0-2 | Jenoa | ||
| 22/11 20:15 | Rasing | 3-2 | Real Sosyedad | ||
| 22/11 21:30 | Liverpul | 4-0 | Man. Yunayted | ||
| 22/11 22:00 | Milan | 5-1 | Frozinone | ||
| 22/11 22:30 | Osasuna | 1-0 | Malaga | ||
| 23/11 00:45 | Atalanta | - | Inter | ||
| 23/11 01:00 | Xetafe | - | Atletiko | ||
| 24/11 00:45 | Monsa | - | Fiorentina | ||
| 24/11 01:00 | Levante | - | Elche | ||
| 24/11 01:00 | Brentford | - | Everton |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Yevropa chempionati
| «B» guruhi, 2-tur. 15 iyun, soat 18:00. Bosh hakam: Damir Skomina (Sloveniya) | ||
ROSSIYADenis Glushakov (80)
|
1 : 2 |
SLOVAKIYAVladimir Vays (32)
Marek Hamshik (45) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Igor Akinfeev (D) Vasiliy Berezuskiy Georgiy Shchennikov Igor Smolnikov Roman Noyshtedter Sergey Ignashevich Aleksandr Golovin Oleg Shatov Artyom Dzyuba Aleksandr Kokorin Fyodor Smolov |
Matush Kozachik (D) Tomash Gubochan Yan Dyurisa Peter Pekarik Martin Shkrtel Ondrey Duda Marek Gamshik Viktor Pekovski Robert Mak Yuray Kuska Vladimir Vayss |
|
| ZAHIRA | ||
|
Yuriy Lodigin (D) Gilyerme (D) Aleksey Berezuskiy Roman Shishkin Oleg Ivanov Artur Yusupov Dmitriy Torbinskiy Dmitriy Kombarov Pavel Mamayev Roman Shirokov Aleksandr Samedov Denis Glushakov |
Yan Novota (D) Milan Shkrinyar Norbert Giomber Dushan Shvento Kornel Salata Miroslav Stox Zdeno Shtrba Yan Gregus Patrik Groshovski Mixal Dyurish Adam Nemes Stanislav Shestak |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi. Slovakiya g‘alaba qozondi. E’tiboringiz uchun raxmat! |
| 90+2' | ![]() |
Slovakiya himoyalanmoqda, hisob ularni qoniqtiradi |
| 90+1' | ![]() |
Rossiya katta kuch bilan hujumda |
| 90' | ![]() |
3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Vuuuuh! Dzyuba jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, biroz pauza ushladi va zarba berdi. Himoyachilar zarbani qaytarishdi |
| 86' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatma natijasida to‘p jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Glushakovga kelib tushdi. Denisovning zarbasi noaniq bo‘ldi |
| 86' | ![]() |
Burchak to‘piga chiqishda Kozachik xatoga yo‘l qo‘ydi. Himoyachi to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 85' | ![]() |
Shirokov jarima maydonchasi ichiga uzatma berdi. Himoyachilar qaytarishdi. Keyingi hujum paytida Shkrtel bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiiga chiqarib yubordi |
| 83' | ![]() |
Goldan ruhlangan ruslar ketma-ket hujum qilishmoqda. Slovakiya himoyalanmoqda |
| 80' | ![]() |
GOOOOOL! Denis Glushakov, 1:2! Shatov raqib jarima maydonchasi ichida jamoadoshi bilan devor o‘ynab, chap qanotdan 11 metrli nuqta ustiga uzatma berdi. Glushakov bosh bilan zarba berib, olis burchakni aniq nishonga oldi! |
| 79' | ![]() |
Bugun rossiyaliklarning jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llayotgan zarbalari aniq chiqmayapti. Mamayev aniq zarba bera olmadi |
| 76' | ![]() |
Chap qanotda belgilangan jarima to‘pini Mamayev o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 75' | ![]() |
Rossiyada o‘zgarish: Aleksandr Kokorin o‘rniga Roman Shirokov tushdi |
| 72' | ![]() |
Slovakiyada o‘zgarish: Vladimir Vays o‘rniga Dushan Shvento tushdi |
| 68' | ![]() |
Hamshik jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. To‘pni himoyachilar qaytarishdi. |
| 67' | ![]() |
Slovakiyada o‘zgarish: Shestak o‘rniga Adam Nemes tushdi |
| 66' | ![]() |
Vuuuuh! Smolnikov o‘ng qanotdan uzatma berdi. Dzyuba bosh bilan to‘pni jamoadoshiga qoldirdi. Smolov tomonidan berilgan zarbani himoyachi qaytardi |
| 65' | ![]() |
Kokorin jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Rekoshet holatida borgan to‘pni Kozachik egallab oldi |
| 64' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Kozachik musht bilan urib yubordi. Ikkinchi burchak to‘pini darvozabon egallab oldi |
| 63' | ![]() |
Ruslar yaxshi hujum tashkil qilishdi. Bor-yo‘g‘i burchak to‘pi qo‘lga kiritildi |
| 62' | ![]() |
Rossiyaliklar o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Jarima maydonchasi ichida hujumchi xavfli o‘yin namoyish qilgani uchun hakam hushtak chaldi |
| 60' | ![]() |
Hamshik jarima maydonchasiga kirayotgan Kuska tomon uzatma berdi. Uzatma biroz noaniq bo‘ldi |
| 56' | ![]() |
Shatov markaz bo‘ylab oldinga o‘tdi va 24 metrlardan zarba berdi. Noaniq. Oleg jamoadoshlariga uzatma berishi ham mumkin edi |
| 53' | Nisbatan ochiq o‘yin bo‘lyapti. Tomonlar navbati bilan hujumga o‘tishmoqda | |
| 49' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Duda bosh bilan zarba berdi. Ancha noaniq |
| 48' | ![]() |
Slovakiya burchak to‘pi ishladi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha Rossiya-Slovakiya - 0:2. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
GOOOOOOL! Marek Hamshik! 0:2! Slovaklar burchak to‘pini orqaroqda turgan Hamshikka yetkazishdi. Marek bir himoyachini aldadi va o‘tkir burchik ostida zarba berdi. To‘p olis ustunnning yuqori qismiga tegib, to‘rga tushdi! Supergol! Buni nomini mahorat deyishadi! |
| 42' | ![]() |
Vuuuh! Hamshik markaz bo‘ylab oldinga o‘tdi va ikki himoyachini aldab, 22 metrlardan zarba berdi. O‘ta noaniq |
| 41' | ![]() |
Shatov jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Slovaklar uzatmani qaytarishdi |
| 40' | ![]() |
Kuska jarima maydonchasi burchagiga yaqin joyda Dzyubaga nisbatan fol ishlatdi. Standart |
| 39' | ![]() |
Golgacha rossiyaliklar ustunlikka erishayotgan edilar, o‘tkazib yuborilgan groldan keyin ular o‘z o‘yinlarni yo‘qotib qo‘yishdi |
| 37' | ![]() |
Robert Mak ofsaydda qoldi |
| 32' | ![]() |
GOOOOOOL! Vladimir Vays, 0:1! Maydon markazidan yetkazilgan uzatmani hujumchi Rossiya jarima maydonchasi ichida qabul qildi, Berezuskiy va Smolnikovni aldab, birga bir vaziyatda darvozaning olis burchagina ishg‘ol qildi! |
| 30' | ![]() |
Rossiyaliklar xavfli va tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi. So‘nggi uzatma kuchliroq chiqdi, Dzyuba to‘p ustidan sakradi va uni o‘tkazib yubordi. Kokorin to‘pga yeta olmadi. Xavf yo‘qqa chiqdi. |
| 29' | ![]() |
Slovakiyaliklar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Rossiya jarima maydonchasi ichida to‘pga sakragan futbolchi ofsaydda qolgandi |
| 28' | ![]() |
VUUUUUH! Maydon markazida Dzyuba raqiblardan to‘pni olib qo‘ydi va Smolovga uzatma berdi. Artyom 20 metrlardan kuchli zarba berdi. To‘p deyarli ustunni silab o‘tib ketdi |
| 26' | ![]() |
Kokorin o‘ng tomondan oldinga o‘tishga urindi, ammo Xubochanning yelkasiga urilib yiqildi. Fol yo‘q deb hisobladi Skomina |
| 23' | ![]() |
Xavfli vaziyat. Shatov o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va bu safar jarima maydonchasi ichiga sifatli uzatma berdi. Ammo Dzyuba bosh bilan kuchli zarba bera olmadi. Darvoza burchagiga borayotgan to‘pni Kozachik egalladi |
| 22' | ![]() |
Smolnikov o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Shatovga uzatma berdi. Oleg to‘pga zo‘rg‘a yetib borib, darvozabon maydonchasi yaqiniga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni yon tomonga tepib yuborishdi |
| 21' | ![]() |
Dzyuba o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va yiqildi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi. Penalti yo‘q. Burchak to‘pi xavfli bo‘lmadi |
| 18' | ![]() |
Smolov jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qildi va sakrayotgan to‘pga zarba berdi. To‘p darvozaga aniq bormadi |
| 14' | ![]() |
Slovakiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ignashevich bosh bilan qaytargan to‘pni slovakiyalik futbolchi bosh bilan darvoza tomon burishga harakat qildi. Akinfeev to‘pni egalladi |
| 12' | ![]() |
Golovin jarima maydonchasi tashqarisida Kuskaga nisbatan fol ishlatdi. Darvozagacha 29 metrlardan Dyurisa zarba berdi. Noaniq |
| 10' | ![]() |
Vuh! Hamshik jarima maydonchasining chap burchagidan ichkariiga kirdi va kuchli zarba berdi. To‘p Akinfeev qo‘riqlayotgan darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 8' | ![]() |
Dzyuba 2-3 himoyachini aldab, raqib jarima maydonchasiga kirishga urindi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pga rossiyalik futbolchi zarba berdi. To‘p yana himoyachiga tegib, yon tomonga ketdi |
| 6' | ![]() |
Hamshik markaz bo‘ylab oldinga o‘tdi va hujumchiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pn qaytarishdi |
| 4' | ![]() |
Slovakiya burchak to‘pini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima maydonchasiga emas, orqaroqqa yetkazish orqali o‘yinga kiritdi. Natijada to‘pni yo‘qotdi |
| 3' | ![]() |
Maydon markazi uchun kurash kechmoqda. Bugun har ikkala jamoa faqat va faqat g‘alaba uchun maydonga chiqqaniga shubha yo‘q. Boisi, mag‘lubiyatga uchragan jamoada pley-offga chiqish uchun imkoniyat keskin pasayib ketadi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! To‘pni o‘yinga ruslar kiritib berishdi. Ketdik, boshladik! |
| ' | ![]() |
Rossiya qizil, Slovakiya terma jamoasi oq rangli formada o‘ynaydi |
| ' | ![]() |
Rossiya va Slovakiya terma jamoalari mayldonga chiqib kelishdi. Har ikkala mamlakat madhiyalari navbati bilan yangramoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yevropa chempionatida 2-tur o‘yinlari boshlanmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|
|