Кириш Регистрация
26/12 17:30 Манчестер Сити - Эвертон
26/12 20:00 Борнмут - Кристал Пэлас
26/12 20:00 Челси - Фулхэм
26/12 20:00 Ньюкасл - Астон Вилла
26/12 20:00 Ноттингем Форест - Тоттенхэм
26/12 20:00 Саутгемптон - Вест Хэм
26/12 22:30 Вулверхэмптон - Ман. Юнайтед
27/12 01:00 Ливерпуль - Лестер

Онлайн трансляция

Саҳифа ҳар 1 дақиқада автоматик янгиланади.

Осиё Чемпионлар Лигаси-2021

3-тур. 20.04.2021. соат 23:00

Шаржа

Холид Бавазир(10)
Салем(25)
Кайо(58)
Луан Перейра(62)

4 : 1

Пахтакор

Черан(20)
ЖАМОАЛАР ТАРКИБИ
40.Одил Ал Ҳусани, 4.Шаҳин Абдалла, 7.Кайо, 8.Муҳаммад Абдулбасит, 14.Ҳолид Бавазир, 17.Али Муҳаммад, 18.Абдалла Ғаним, 19.Ҳолид Иброҳим, 23.Салим Солиҳ, 27.Луан Перейра, 29.Отабек Шукуров.   35.Санжар Қувватов, 34.Фарруҳ Сайфиев, 5.Анзур Исмоилов, 15.Егор Кримец (С), 6.ИброҳимҲалил Йўлдошев, 21.Аброр Исмоилов, 27.Сардор Собирхўжаев, 18.Ҳожимат Эркинов, 19.Шароф Муҳиддинов, 7.Сардор Рашидов, 10.Драган Черан.
ЗАҲИРА
12.Ҳумуд Муҳаммад, 3.Алҳасан Солиҳ, 5.Ҳамад Жасим, 11.Саиф Рашид, 13.Салим Султон, 15.Абдулазиз Кааби, 25.Саид Кааби, 38.Муҳаммад Халфан, 79.Абдулраҳмон Жума, 88.Аҳмад Сурур.
  25.Элдорбек Суюнов, 3.Ҳожиакбар Алижонов, 8.Азизбек Турғунбоев, 9.Эрен Дердийок, 14.Ҳумоюнмирзо Иминов, 16.Марлен Чобанов, 17.Шерзод Темиров, 23.Шерзод Аъзамов, 28.Диёр Холматов, 88.Шаҳзод Азмиддинов.

Матн

O'T'
Sharja Paxtakor uchrashuvi yakunlandi.Vakillarimiz yirik hisobda mag'lub bo'lishdi.
Kelgusi o'yinlarda Paxtakorga oamd tilab qolamiz. Xayr, salomat bo'ling!
90+'
Asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shib berildi
86'
Paxtakorning bir qancha hujumlari samarasiz yakunlanmoqda
82'
Sharjada ham futbolchi almashmoqda. Uchrashuvdagi 4-gol muallifi Luan Pereyra o'z o'rnini Muhammad Halfanga bo'shatib berdi
80'
Kayo voqealar rivojidan ilgarilab ketdi
73'
Farrux Sayfiyevning chap qanotdan uzatgan xavfli uzatmasiga Hojimat Erkinov javob bera olmadi
70'
Paxtakor yana ikkita o'yinchini almashtirmoqda. Dragan Cheran hamda Anzur Ismoilovlar maydonni tark etishdi. Ularning o'rniga maydonga Humoyunmirzo imonov va Sherzod A'zamovlar o'yinni davom ettirishadi
66'
Hisob yirik ko'rinishga kelganidan so'ng, Paxtakor o'yinda sustkashlikka yo'l qo'ymoqda
62'
Raqiblar tezkor qarshi hujumga o'tishdi, Luan Pereyraning yo'llagan zarbasi, Abror Ismoilovning oyog'iga tekkan holda, rekashet bilan Paxtakor darvozasidan o'rin olmoqda
62'
GOL!
58'
Vakillarimiz darvozalaridan uchinchi to'pni ham olib chiqishga majbur bo'ldi. Yana o'sha "shovvoz" Kayo vaziyatni hal etmoqda
58'
GOL!
56'
Piter Xyustira bir yo'la ikkita o'zgarishga qo'l urdi. Ibrohimhalil Yo'ldoshev Hijiakbar Alijonovni, Sardor Sobirxo'jayev esa Diyor Xolmatovni almashtirdi
55'
XAVFLI VAZIYAT!
Kayo hamda Luan Pereyralar bir birlari bilan kichik kombinatsiya amalga oshirib xavfli zarba yo'llashdi, yaxshiyamki noaniq yakunlandi
51'
Sharja jarima zarbasidan foydalanib, burchak zarbasi ishlab olgan edi, lekin u ham muvaffaqqiyatsiz yakun topdi
49'
Rashidovning o'yinni davom ettira olmasligi ma'lum bo'ldi va uning o'rniga Eren Derdiyok maydonga tushirildi
48'
Dragan Cheranning zarbasi xavfli, ammo noaniq chiqdi
47'
Yoqimsiz holat. Sardor Rashidov kutilmaganda jarohat oldi
45'
Ikkinchi 45 daqiqalik start oldi. "sherlar"ga omad yor bo'lsin!
45'
Biz qaytamiz do'stlar. Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda!
BT'
Birinchi taym 2:1 hisobida o'z nihoyasiga yetdi. Hozircha TANAFFUS!
45+'
Taym so'nggida Sharjada xavfli vaziyat yuzaga keldi. Kayo jarima maydonimizdagi himoyachilarimizga ancha bosh og'rig'i bo'lmoqda
45+'
Birinchi taymga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi
44'
Bosh hakam Cheran hamda Kayoni bosiqlikka chorlamoqda
42'
Yana Sardoooor.
Rashidovning navbatdagi xavfli zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi
40'
Kayo bilan to'qnashuvdan so'ng Krimets biroz o'ziga kelib oldi
33'
Rashidov ancha faol o'yin namoyish etnmoqda. Bu safar uning o'ng qanotdan amalga oshirgan uzatmasi ancha yuqoridan ketdi
31'
Sardor Rashidov standartdan to'g'ridan-to'g'ri darvozaga zarba yo'lladi. Lekin darvozabon o'z o'rnida
31'
XAVFLIIII ZARBAAA!
29'
Dragan Cheran raqib jariama maydoniga yorib kirayotgan pallada to'xtatib qolindi. Paxtakorda qulay vaziyat yuzaga kelmoqda
25'
Kayo jamoamiz himoyachilaridan olg'irlik bilan o'tib ketib, jamoadoshi Salemga juda ham qulay imkoniyat yaratib berdi. Salem esa deyarli bo'sh qolgan darvozani nishonga olishda adashmadi
25'
GOL!
20'
Sardor Rashidovning kuchli va aniq zarbasini Odil al Xusayni bartaraf etgan bo'lsada, qaytgan to'pni Dragan Cheran darvozaga joylab qo'ydi!
20'
GOOOOOL!
19'
Dragan Cheranning uzatmasidan so'ng, Sardor Rashidov raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. ammo xavfsiz
17'
Salim Solih o'yindan tashqari holatda qolib ketdi
16'
Ibrohimhalil Yo'ldoshev to'p uchun kurashda raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi
14'
Vakillarimiz goldan so'ng hujumlarga zo'r berishmoqda. Ammo, vaziyat yakuniy zarbagacha yetib bormayapti
09'
Afsuski Paxtakor tezkor gol o'tkazib yubordi. Sanjar Quvvatov Kayoning uzoqdan yo'llagan zarbasini ushlab qola olmadi. Natijada, qaytgan to'pga Holid Bavazir zarba berib, hisobni ochdi.
09'
GOL!
07'
Egor Krimets Kayoni to'xtatib qoldi. Raqiblar standart vaziyatga ega bo'lishmoqda
05'
Abror Ismoilovning jariamadan uzatgan to'pini raqib himoyachilari bartaraf etishdi
04'
Maydon markazida Luan Pereyra Sardor Rashidovning yuziga zarba berib yuborgan holda qo'pollik ishlatdi
01'
Dastlabki daqiqalarda maydon egalari tashabbusni o'z qo'llariga olishga intilishmoqda. Otabek Shukurov kayoga uzatma amalga oshirgan edi. Uning zarbasi xavfli chiqdiyu, biroq aniqlik yetishmadi
O'B'
Uchrashuvga starat berildi. Vakillarimizga omad yor bo'lsin!
00'
Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda
00'
Assalomu qadrli futbolsevar do'stlar! Barchaga xayrli oqshom deb qolamiz. Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan Sharja hamda Paxtakor jamolari o'rtasidagi uchrashuv boshlanish arafasida. Ushbu bahsni siz bilan birga kamina Dadajon Foziljonov kuzatib boradi.
Асосий сахифа
© STADION.UZ
Гувоҳнома №0917. Берилган санаси: 02.12.2013. Муассис: «OSIYO KABEL» МЧЖ. Бош муҳаррир: Бўронов Олимхўжа Азимхўжа ўғли. Таҳририят манзили: 100057, Тошкент шаҳри, Уста Ширин 125. E-mail: admin@stadion.uz
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт.
Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.