FourFourTwo sayti «PSJ» hujumchisi Lionel Messining joriy mavsumdagi statistikasini tahlil qildi.
Argentinalik hujumchi joriy mavsum "PSJ" tarkibida barcha turnirlarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib 7 ta gol kiritdi. Fransiya chempionatida esa 14 ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini ikki bor ishg‘ol etdi.
2021/22 yilgi mavsumda Bundesligada to‘p surayotgan Robert Levandovski («Bavariya»), Erling Xoland («Borussiya») va Patrik Shik («Bayer»)lar o‘rtacha har 90 daqiqada bittadan gol kiritishmoqda.
«Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohning ko‘rsatkichi esa 0,76, Messiniki esa ancha kamroq — 0,33. Bukayo Saka («Arsenal») va Kristian Benteke («Kristal Pelas»)larning ham ko‘rsatkichlari Messiniki bilan bir xil.
Agar chempionat o‘yinlarini hisobga oladigan bo‘lsak, Messi Fransiya chempionatining har bir o‘yinida 0,17 gol bor. FourFourTwo saytining tahliliga ko‘ra, Messi bu ko‘rsatkich bilan Yevropaning "kuchli beshlik" chempionatida ishtirok etayotgan futbolchilarining orasida 400-o‘rinni egallab turibdi.