Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Peti «PSJ» hujumchilari Kiliane Mbappe va Lionel Messilar haqida fikr bildirdi.
«Bugun «PSJ» qiroli – bu Kilian Mbappe. Nima uchun Lionel Messi doim Mbappega o‘ynashga harakat qilmayotganini tushunmayapman. Neymar maydonga tushganida hammasi shu darajada aniq ediki, Messi uni tinmay izlab, u bilan kombinasiya o‘ynashga harakat qildi.
Messi 15 yildan beri yuqori pog‘onada turdi, ammo Mbappe – yangi qirol. Agar Messi buni yengib o‘tishni, o‘yinlar natijasini hal qilishni va parijlik muxlislar qalbini zabt etishni istasa, Kilianga xizmat qilishga majbur.
Menda shunday taassurot uyg‘onyaptiki, Messi o‘yinni o‘ziga olmoqchi, biroq, o‘yinni Leo emas, Kilian boshqaradi», – dedi Peti.