«Atletiko» ustozi Diyego Simeone La Liga doirasida «Levante» (0:1) jamoasidan qabul qilib olingan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
– O‘yinni yomon o‘tkazdik va La Ligada o‘zimizga yaxshi vaziyat yaratib olish imkoniyatini boy berdik. Endi uni tuzatish uchun ikki barobar ko‘p mehnat qilishimiz kerak.
– Bu mag‘lubiyatdan xafa bo‘ldingizmi?
– Har bir mag‘lubiyat albatta og‘ir botadi. Har bir muvaffaqiyatsizlik doim muammo va og‘riq olib keladi.
– Futbolchilarga kiyinish xonasida nima dedingiz?
– Bugun kiyinish xonamiz tinch bo‘ldi. Bu haqda ertaga gaplashib olamiz va ularning his-tuyg‘ularini bilib olamiz, shundan keyin sizga bu haqda aytaman.
Ko‘pchilik endi biz uchun YECHLga yo‘llanma beradigan o‘rin yopilganini aytmoqda, biroq, men bunday demayman. Lekin buni faktlar bilan isbotlash kerak. Quruq gap – zerikarli.
– Muxlislarga nima degan bo‘lardingiz?
– Biz tushuntirishga loyiq vaziyatdamasmiz. Muxlislarga natija kerak.
– Nimani his qilyapsiz?
– Juda ajoyib imkoniyatni boy berdik. Murabbiylar shtabi ham, futbolchilar ham sovuqqonlik, kamtarlik va xotirjamlik bilan oldinga qarash kerak. Bor haqiqatni qabul qilishimiz kerak, – dedi Simeone.