"MYU"ning sobiq yulduzlaridan biri Ueyn Runi o‘z faoliyatidagi eng yaxshi jamoadoshi kim bo‘lganini aytdi. Undan bu haqida so‘ralganida:
"Bilasizmi, men Karlos Teves bilan o‘zimni o‘ta erkin his etardim. Agar biz old chiziqda harakat qilsak, bir-birimizni yaxshi to‘ldira olardik. Odatda men Lui Saa, van Nisterloy yoki van Persi bilan o‘ynaganimda, ular 9 raqam pozisiyasida, men esa 10 raqam sifatida harakat qilardim. Teves bilan esa boshqacha edi. Biz istalgan vaqtda o‘rnimizni almashtirib olardik. Shuning uchun hujumchi sherik sifatida Tevesni eng yaxshi futbolchi deb bilaman", — deydi.
Ueyn Runi 13 yil davomida "MYU’ning eng yaxshi to‘purariga aylangan edi.