Kirish Ro'yxatdan o'tish

Endrik «Real»dan Ronaldoning klubiga o‘tishi mumkin

Endrik «Real»dan Ronaldoning klubiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Hujumchi Endrik «Real»da unchalik ko‘p o‘yin vaqtiga ega emas. «Madrid» klubi iste’dodli braziliyalikning muntazam maydonga tushadigan jamoaga ijaraga berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

«Super Deporte» xabariga ko‘ra, 18 yoshli Endrikka «Real»ning sobiq futbolchisi Ronaldoning «Valyadolid» jamoasi qiziqish bildirmoqda. «Valyadolid» hujumda muammolarga duch kelmoqda va kuchaytirish imkoniyatlarini qidirmoqda. Hozirda jamoa La Liga turnir jadvalida oxirgi o‘rindan oldingi o‘rinni egallab turibdi.

2024/2025 yilgi mavsumda Endrik «Real»ning o‘nta o‘yinida qatnashib, ikkita gol urdi va sherigiga bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:21, 14.11.2024.
O'qildi: 7003 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик