«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Enso Fernandesning «Chelsi»dan «shaharliklar» safiga o‘tgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
«Manchester Siti» transfer oynasi yopilishi arafasida 25 yoshli argentinalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.
Klubning ijtimoiy tarmoqdagi ushbu xabariga Xoland ham izoh qoldirib, uzoq davom etgan transfer jarayoni nihoyat yakunlanganidan xursandligini hazilomuz tarzda ifoda etdi.
«Ha, ajoyib. Endi nihoyat uxlashga ketsam bo‘ladi», — deb yozdi norvegiyalik hujumchi.
Enso Fernandes «Manchester Siti» bilan 2031 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Transfer qiymati 145 million yevro atrofida baholanmoqda. Bu Angliya Premyer-ligasidagi eng qimmat transfer rekordiga teng natija hisoblanadi.













