Kirish Ro'yxatdan o'tish

Millatlar ligasi. Portugaliya terma jamoasi Ronaldusiz va kamchilikda Norvegiyani mag‘lub etdi

Millatlar ligasi. Portugaliya terma jamoasi Ronaldusiz va kamchilikda Norvegiyani mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Millatlar ligasi "A" ligasi 4-guruhi 4-turi doirasida Portugaliya va Norvegiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Portu shahridagi «Dragau» stadionida o‘tkazilgan bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv bosh hakami vazifasini italiyalik Maurisio Mariani bajardi.

Norvegiya himoyachisi Kristoffer Ayer 36-daqiqada hisobni ochdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu hisobni tenglashtirdi.

79-daqiqada Portugaliya hujumchisi Gonsalu Ramush mezbonlarni oldinga olib chiqdi — 2:1. 86-daqiqada Portugaliya yarim himoyachisi Shiku Konseysau qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. Qolgan daqiqalarda Norvegiya futbolchilari hisobni o‘zgartira olmadi.

Shu tariqa Portugaliya terma jamoasi Krishtianu Ronaldusiz va bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, muhim g‘alabaga erishdi.

To‘rtta uchrashuvdan so‘ng Portugaliya 12 ochko bilan 4-guruh turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Norvegiya esa 3 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Millatlar ligasining amaldagi g‘olibi ham Portugaliya terma jamoasi hisoblanadi. O‘tgan mavsum finalida portugaliyaliklar Ispaniyani asosiy vaqtda 2:2 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida 5:3 hisobida mag‘lub etgan.

Portugaliya Millatlar ligasida ikki marta g‘olib chiqqan yagona jamoa hisoblanadi.

Millatlar ligasi. A ligasi. 4-guruh. 4-tur
4 oktyabr 2026 yil, Portu, «Dragau» stadioni
Portugaliya — Norvegiya — 2:1
Gollar: Ayer, 36 (0:1), Kanselu, 38 (1:1), Ramush, 79 (2:1).
Chetlatish: Konseysau, 86 (Portugaliya).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:15, 05.10.2026.
O'qildi: 2188 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик