Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush hujumchi Krishtianu Ronalduning milliy jamoadagi kelajagi borasidagi rejalari haqida gapirdi.
«Nima bo‘lishini bilmayman. Menga ma’lum bo‘lishicha, hamma narsa ochiq. Krishtianu o‘z hayotini o‘zi hal qiladi. Agar Ronaldu navbatdagi chaqiruvda terma jamoaga kelmoqchi bo‘lsa, nima uchun bunday bo‘lmasligi kerak? Arazmi? Hech qanday araz yo‘q, bu tushunmovchilik edi. Menimcha, buni osongina hal qilish mumkin. Qachon hal qilaman? Bilmayman. O‘yin tugadi, shundan keyingina barchasi qanday yakunlanishini bilamiz.
Men u bilan gaplashmadim. Aslida bu noto‘g‘ri hal qilingan masala edi, muammoning o‘zi yo‘q edi. Bu hech narsadan paydo bo‘ldi va oxir-oqibat shu natijaga olib keldi. Men terma jamoa murabbiyiman, bosh murabbiyman. Men yaxlit tizimning bir qismiman. Agar kimdir milliy jamoa uchun nimasi yaxshiroq ekani haqida o‘z fikrini bildirmoqchi bo‘lsa, men har qanday taklifga ochiqman.
Biz terma jamoaga birinchi chaqiruvdan oldin muloqot qilgan edik. Agar u qiziqish bildirsa, ikkinchi chaqiruv oldidan yana muloqot qilamiz. Men Krishtianu bilan bir yil davomida ishladim. Bizda juda mustahkam professional do‘stlik bor», — deya Jezushning so‘zlarini keltiradi Record.













