Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

«Manchester Siti» «MYU» qiziqqan Ait-Nuri bo‘yicha qaror qildi

«Manchester Siti» «MYU» qiziqqan Ait-Nuri bo‘yicha qaror qildi

Baho:
+ | -

Avvalroq matbuotda «Manchester Siti» himoyachisi Rayan Ait-Nuriga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lum qilinishicha, «Manchester Yunayted» futbolchi bo‘yicha so‘rov yuborgan. Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, «Manchester Siti» Ait-Nurini sotish niyatida emas.

Klubda futbolchining jamoada qolishi va transfer oynasi yopilgunga qadar boshqa klubga o‘tmasligi kutilmoqda.

Rayan Ait-Nuri «Manchester Siti»ga 2025 yil yozida «Vulverxempton»dan kelib qo‘shilgan.

Uning Manchester klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Chap qanot himoyachisining bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 07:54, 02.09.2026.
O'qildi: 1581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик