«Manchester Siti» «Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesni qo‘lga kiritish uchun taklifini sezilarli darajada oshirishga majbur bo‘lgan.
The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn ma’lumotiga ko‘ra, dastlab «shaharliklar» 104 million funt va qo‘shimcha bonuslar taklif qilgan. Biroq «Chelsi» bonuslarsiz, to‘liq kafolatlangan mablag‘ olishni istagan va dushanba kuni futbolchi uchun 135 million funt narx belgilagan.
Shundan so‘ng «Manchester Siti» transferdan voz kechishga tayyor bo‘lgan. Ammo transfer oynasining so‘nggi kunida klublar murosaga kela oldi.
Tomonlar 25 yoshli Fernandesning 125 million funt evaziga transfer qilinishi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Enso Fernandes 2023 yil yanvar oyidan buyon «Chelsi» sharafini himoya qilib kelmoqda. Argentinalik yarim himoyachi London klubiga «Benfika»dan o‘tgan edi.













