O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlari yarim finalidagi raqibi ma’lum bo‘ldi.
Chorak finalda Yaponiya U-23 terma jamoasi KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Shu tariqa, Ravshan Haydarov shogirdlari final yo‘llanmasi uchun mezbon Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.
Yarim final uchrashuvi 30 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da "Nagai" stadionida boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 chorak finalda Saudiya Arabistonini 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.













