"Barselona" "Bavariya"ning hujumkor yarim himoyachisi Maykl Olisening kelajakdagi faoliyati bo‘yicha xohishini bilib oldi.
Insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, agar Olise Myunxen klubini tark etsa, u faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishni istaydi.
"Bavariya" esa o‘zining asosiy yulduzlaridan birini yo‘qotishni xohlamayapti. Bundesliga chempioni fransuz futbolchisini jamoada saqlab qolishga qat’iy bel bog‘lagan.
24 yoshli vingerning "Bavariya" bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi.
Transfermarkt Olisening bozor qiymatini 170 million yevroga baholamoqda.













