Fransiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Didye Deshamga yangi ish taklif qilindi.
Le Figaro ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya terma jamoasi 57 yoshli fransiyalik mutaxassisni bosh murabbiy sifatida ko‘rishni istagan.
Biroq Desham bu taklifni rad etgan. U murabbiylik faoliyatiga qaytishdan oldin biroz dam olishni rejalashtirmoqda.
Didye Desham 2012 yildan 2026 yilgacha Fransiya terma jamoasini boshqardi. Uning qo‘l ostida jamoa Jahon chempionati va Millatlar ligasida g‘olib chiqdi.
2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng Desham o‘z xohishi bilan Fransiya terma jamoasini tark etgan edi.
Mutaxassis avvalroq «Marsel», «Yuventus» va «Monako» klublarida ham ishlagan.













