Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gavi «Barselona»ni tark etishi mumkin — ikki top-klub qiziqmoqda

Gavi «Barselona»ni tark etishi mumkin — ikki top-klub qiziqmoqda

Baho:
+ | -1

«Barselona» yarim himoyachisi Gavi jamoadagi hozirgi holatidan norozi.

22 yoshli futbolchi ayni paytda asosiy tarkibda doimiy o‘ringa ega emas. Shu sabab u Ispaniya terma jamoasining joriy yig‘iniga ham chaqirilmadi.

El Nacional xabariga ko‘ra, Gavi uchun vaziyatdan chiqish yo‘llaridan biri klubini almashtirish bo‘lishi mumkin.

Futbolchiga Yevropaning ikki yirik klubi — «Manchester Yunayted» va «PSJ» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

«Manchester Yunayted» avval ham Gavini o‘z safiga qo‘shib olishga uringan va yana uning transferiga qaytishi mumkin.

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike ham ispaniyalik yarim himoyachi bilan ishlashni istamoqda.

Transfermarkt portali Gavining bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:39, 27.09.2026.
O'qildi: 4333 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик