AS nashri sahifalarida Joze Mourinyu haqida maqola e’lon qilindi. Unda «Special One»da joriy yil Portugaliya terma jamoasini boshqarish imkoniyati bo‘lgani aytilgan.
Portugaliya futbol federasiyasida Roberto Martines jahon chempionatidan so‘ng bosh murabbiylik lavozimini tark etishini bilishgan. Shu sababli federasiya Mourinyu nomzodini jiddiy ko‘rib chiqqan. Biroq portugaliyalik mutaxassis «Real» prezidenti Florentino Peresning taklifiga javob berishni ma’qul ko‘rgan.
«Joze Mourinyu — sadoqatli inson. U o‘z odamlarini boshqalardan kam bo‘lmagan darajada himoya qiladi va hurmat qiladi. Portugaliyalik mutaxassis do‘sti qiyin vaziyatga tushib qolsa, unga yordam berish va qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor ekanini bir necha bor ko‘rsatgan. O‘tgan yilning aprel oyida u Florentino Peresdan qo‘ng‘iroq qabul qilib, buni yana bir bor isbotladi», — deyiladi maqolada.
Yakunda Portugaliya terma jamoasini Jorje Jezush boshqardi. Uning qo‘l ostida portugaliyaliklar Millatlar ligasi startida Uelsni 1:0, Norvegiyani esa 2:1 hisobida mag‘lub etdi.













