Kirish Ro'yxatdan o'tish

Edegor Bernardu Silva haqida: «U aqldan ozdi»

Edegor Bernardu Silva haqida: «U aqldan ozdi»

Baho:
+2 | -

Yakshanba kuni Norvegiya va Portugaliya terma jamoalari Millatlar ligasi doirasida o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuv so‘nggi daqiqalarida g‘alati holat yuz berdi. Bernardu Silva to‘p ancha uzoqda bo‘lgan paytda Martin Edegorni orqadan ataylab oyog‘iga tepdi. Londonning «Arsenal» klubi sardori bu harakatga keskin munosabat bildirdi, hakam esa Silvaga sariq kartochka ko‘rsatdi.

«Silva aqldan ozdi. Men uzatmani amalga oshirib bo‘lganimdan keyin u meni tepdi va yiqitdi. Nima qilayotganini umuman tushunmadim.

To‘pig‘im bugun kechqurun aniq og‘riydi, ammo umid qilamanki, yaqin kunlarda ahvolim yaxshilanadi.

Bernarduga nima dedim? Bunday gaplarni televideniyeda takrorlamagan ma’qul», — deya Edegorning so‘zlarini Arsenal Radar keltirdi.

Portugaliya Norvegiya maydonida 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 08:48, 28.09.2026.
O'qildi: 1962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик