«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi yana jarima zarbasidan gol urdi.
39 yoshli futbolchi «Kolambus Kryu» darvozabonini o‘tkir burchakdan yo‘llangan ajoyib zarba bilan dog‘da qoldirdi. Bu argentinalik futbolchining faoliyati davomida jarima zarbasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri urgan 76-goli bo‘ldi.
The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich tarixdagi ikkinchi natija hisoblanadi. Birinchi o‘rinda 78 ta shunday gol urgan braziliyalik Marselino Karioka turibdi.
Shu tariqa, Messi barcha davrlar rekordini yangilashi uchun jarima zarbasidan yana uchta gol urishi kerak, rekordni takrorlashi uchun esa yana ikkita gol yetarli.
Messining goliga qaramay, «Inter Mayami» mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa hal qiluvchi golni ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan sakkizinchi daqiqada o‘tkazib yubordi va 1:2 hisobida yutqazdi.
Lionel Messi 21 ta gol bilan chempionat to‘purarlari poygasida hamon peshqadamlik qilmoqda.













