«Barselona» klubida hujumchi Rafinya Dias Braziliya terma jamoasi ixtiyorida yana jarohat olishidan xavotir bildirilmoqda.
Kataloniya klubi vakillari xalqaro tanaffus davrida 29 yoshli futbolchining jismoniy holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. «Sport» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» Rafinyaning Braziliya terma jamoasi safida oldin ham bir necha bor jarohat olganini inobatga olib, xavotirda.
«Barselona»da braziliyalik futbolchining terma jamoa murabbiylar shtabi tomonidan ortiqcha yuklama ostida qoldirilayotgani, bu esa uning yana jarohat olish xavfini oshirayotgani haqida fikr bor.
Rafinya juma kuni Avstraliyaga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Jamoalar seshanba kuni yana bir o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.













