«Oltin to‘p» uchun ovoz berish bugun Markaziy Yevropa vaqti bilan tun yarmida yakunlandi. Unda FIFA reytingidagi eng yuqori 100 ta mamlakatdan jurnalistlar ishtirok etdi.
Barcha ovozlar to‘planib, sovrin sohibi 26 oktyabr kuni Londonda o‘tkaziladigan taqdirlash marosimida ma’lum bo‘ladi.
«Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlar qatorida Xarri Keyn, Lamin Yamal, Rodri va Kilian Mbappe bor. Jami 30 nafar nomzoddan iborat ro‘yxat sentyabr oyi boshida e’lon qilingan edi.
Amaldagi sovrin sohibi — «PSJ» hujumchisi Usmon Dembele ham bu yilgi nomzodlar safidan joy olgan.













