Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston - ikki karra shaxmat Olimpiadasi chempioni!

O‘zbekiston - ikki karra shaxmat Olimpiadasi chempioni!

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekiston uchun tarixiy yakun bilan tugadi. Terma jamoamiz Open yo‘nalishida bosh sovrinni qo‘lga kiritib, o‘z tarixida ikkinchi marta Olimpiada chempioni bo‘ldi.

Chempionlik taqdiri so‘nggi tur uchrashuvlari hali davom etayotgan paytdayoq hal bo‘ldi. 11-tur oldidan O‘zbekiston 18 ochko bilan peshqadam, Hindiston esa 17 ochko bilan ikkinchi o‘rinda edi.

Hindiston so‘nggi turda Vengriya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagach, O‘zbekiston Ukrainaga qarshi bahs natijasidan qat’i nazar oltin medalni matematik jihatdan kafolatladi.

Shunga qaramay, jamoamiz musobaqani g‘alaba bilan yakunladi. Ukrainaga qarshi so‘nggi bahs ham O‘zbekiston foydasiga hal bo‘lib, chempionlikka munosib nuqta qo‘yildi.

Terma jamoamiz Samarqanddagi Olimpiadani juda kuchli boshladi. Dastlabki yetti turning barchasida g‘alaba qozonildi. Shu orada asosiy raqiblardan Hindiston 2,5:1,5, Xitoy esa 3:1 hisobida mag‘lub etildi.

Faqat 8-turda Germaniya O‘zbekistonning g‘alabali yurishiga to‘sqinlik qildi. Ammo jamoa bu natijadan keyin darhol o‘zini tikladi.

9-turda musobaqaning birinchi raqamli sarlangan jamoasi AQSH 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etildi. Keyin Armaniston ustidan 3,5:0,5 hisobidagi yirik g‘alaba qo‘lga kiritilib, O‘zbekiston hal qiluvchi tur oldidan yakka peshqadamlikni saqlab qoldi.

Samarqanddagi chempionlik Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Muhiddin Madaminovdan iborat tarkib bilan qo‘lga kiritildi. Jamoaga sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov sardorlik qildi.

Ushbu tarkibdagi to‘rt nafar shaxmatchi 2022 yil Chennayda ham O‘zbekiston bilan Olimpiada chempioni bo‘lgan edi.

Shu tariqa, O‘zbekiston so‘nggi uchta Butunjahon shaxmat olimpiadasining har birida shohsupaga ko‘tarildi: 2022 yil Chennayda — oltin, 2024 yil Budapeshtda — bronza, 2026 yil Samarqandda esa yana oltin medal.

Eng muhimi, navbatdagi chempionlik O‘zbekistonning o‘zida, Samarqandda qo‘lga kiritildi. Terma jamoamiz to‘rt yil ichida ikkinchi marta Open yo‘nalishida dunyoning eng kuchli jamoasiga aylandi.

Kiritildi: 16:09, 27.09.2026.
O'qildi: 1951 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик