«Manchester Siti» va Jazoir terma jamoasi himoyachisi Rayan Ait-Nuri milliy jamoa yig‘inini muddatidan oldin tark etdi.
Jazoir futbol federasiyasi bayonotiga ko‘ra, bunga Afrika millatlar kubogi saralashi doirasida Zambiyaga qarshi o‘tkazilgan o‘yin vaqtida murabbiylar shtabi bilan yuz bergan holat sabab bo‘lgan. Uchrashuv Jazoirning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
Ait-Nuri o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi. Jazoir 2:0 hisobida oldinda borayotgan paytda murabbiylar shtabi unga maydonga tushishni taklif qilgan, ammo futbolchi buni rad etgan.
Natijada Ait-Nuri uchrashuv oxirigacha maydonga chiqmadi. Keyinchalik u milliy jamoa yig‘inini muddatidan oldin tark etdi.













