«Yuventus» «Real» yarim himoyachisi Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Tutto Juve xabar bermoqda.
Turinliklar qishki transfer oynasidayoq harakatni boshlashga tayyor. Italiya grandi Silva «Real»dagi kam o‘yin amaliyoti sababli o‘tishga rozi bo‘lishiga umid qilmoqda.
Bernardu Silva yozda «Manchester Siti»ni tark etgan edi. Portugaliyalik futbolchi «Real»ga tekinga (erkin agent sifatida) o‘tdi. Transfermarkt futbolchining qiymatini 22 mln yevroga baholamoqda.













